11-боб. Аудиторлик танлаш
Tanlashning statistik va nostatistik turlari
Download 161.56 Kb.
|
Audit kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19–jadval Nostatistik va statistik tanlab olishlarni taqqoslash Nostatistik tanlash Statistik tanlash 1 2 3
5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari
Auditorlar nostatistik va statistik tanlashdan foydalanadilar. Agar zarur tarzda foydalanilsa tanlash har qanday yondashuvi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini taqdim etishda samarali bo’lishi mumkin. Nostatistik tanlashlar auditorga tanlab olish haqidagi noto’g’ri talqin qilish riskini statistik jihatdan nazorat qilish yoki o’zgartirishga ruxsat bermaydi. Statistik tanlash auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun mulohazalari va tajribalari bilan bir qatorda ehtimollar nazariyasini va statistik tanlab olishni ham qo’llashni o’z ichiga oladi. Aksincha, nostatistik tanlash ehtimollik nazariyasi va statistik xulosalarni qo’llash ko’zada tutilamaydi; buning o’rniga auditorga tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun auditorning mulohazalari va tanlab olishni qo’llashdagi tajribasida qo’llanilishi ko’zda tutadi. 19– jadval nostatistik va statistik tanlashni tegishli o’lchamlarda taqqoslaydi. 19–jadval Nostatistik va statistik tanlab olishlarni taqqoslash Nostatistik tanlash Statistik tanlash 1 2 3 Tanlab olish hajmi Tanlab olish hajmi auditorning mulohazasi bilan aniqlanadi. Auditor mulohazalari miqdoriy jihatdan aniqlanadi va tanlab olish hajmi ehtimollar nazariyasi bilan aniqlanadi. Tanlab olishni saralash Tanlab olish jamlanganlikka reprezentativligiga yig’ilgan hamma usulllarni o’z ichiga oladi. Tanlab olishning muhokamasi ham jamlanganlikning bir qismiga, masalan yilning o’tgan besh kuni davomidagi hamma operatsiyalarga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Tanlab olish jamlanganlikning har bir birligiga tanlab olishga tushishga teng imkoniyat berish uchun tartibsiz saralangan bo’lishi mumkin. Jamlanganlik bilan qiziquvchilarga yo’nalish berish mumkin masalan, yilning o’tgan 10 kunidagi operatsiyalar statistik jihatdan saralangan bo’lishi mumkin. Baholash Baholash auditorning mulohazalariga asoslangan, bashoratlar esa tanlab olishlar natijalariga asoslangan. Baholash auditorlik mulohazalariga yordam berishi uchun foydalaniladigan statistik xulosalarga asoslangan Xarajatlar Saralash uchun Xarajatlar past chunki auditorlik mulohazalari faqat tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va natijalarni baholashda talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi, tanlab olish risikini nazorat qilish va o’lchashning ob’ektiv usullarini ta’minlamaydi O’quv Xarajatlari yuqori, chunki tanlab olishning statistik yo’llarini bilish va/yoki tanlashning maxsus kompyuter dasturiy ta’minoti talab qilinadi. Tanlab olishning bu turi auditor maqbul riskni avvalroq aniqlashini tanlab qiladi. Ustuvorlik Bu usul auditorning schetlardagi xatolar haqida avvalgi kutganlariga asoslangan bo’lishi mumkin. Bu usul tanlab olishni rejalashtirishi, saralashi va baholashga kam vaqt sarflashi mumkin. Bu usul auditorga tanlab olish riskining obektiv choralarini ta’minlay borib, samarali tanlab olishni to’zish, dalillar etarliligini, xisoblash va natijalarni baholashga yordam beradi. Bu usul auditorga kompyuterlashtirilgan tanlov va statistik baholash orqali tanlab olish xulosalarini himoyalashda foydali maslahatlar olishga ko’maklashadi, chunki ular statistika nazariyasiga asoslangan Statistik tanlab olishni qo’llaydigan auditor tanlov hajmini xisoblab chiqish uchun jadvallar va formulalardan foydalanadi, shu bilan birga statistik bo’lmagan tanlab olishni kullaydigan auditor esa fakat kasbiy mulohazalaridan foydalanadi. Odatda tanlab olishning nostatistik hajmi statistik tanlab olishning mohironi va samarali to’zilgan tanlov hajmidan kam bo’lishi mumkin emas. Statistik va nostatistik tanlovlarning ikkalasidan ham zarur holatda foydalanilganda, auditorning xulosasi uchun etarlicha dalillar takdim etishi mumkin. Statistik tanlab olish auditorga jamlanganlik haqidagi noto’g’ri xulosa riskini aniq boshqarish va o’lchash imkonini beradi, statistik bo’lmagan tanlab olish esa bunday nozorat va o’lchovlar qilishga imkon bermay. Ikkala yonda shu uchun ham auditor nazoratga layoqatsizlik yoki tanlab olishda topilgan xatoliklarning mohiyatini xisoblab chiqishni va tanlab olish natijalarini jamlanmalarga spektrlashtirishi va butun jamlanganlikni yakunlamog’i zarur. Tanlab olishning miqdoriy baholanishiga qushimcha ravishda auditor nazorat va xatoliklar layoqatsizligi tomonlarini ko’rib chiqishi kerak. Tanlab olishlar natijalari xatolar tufayli kelib chiqqanligi yoki ular firibgarlik extimolini ko’rsatayaptimi va nazoratning layoqatqizligi auditning boshqa fazalariga qanday ta’sir etadi? Audit mulohazalari bilan kombinatsiyalangan statistik tanlab olishlar odatda fakat auditorlik bitta mulohazasidan foydalanganlikga nisbatan ancha yuqori sifatli auditorlik xulosalarin yaratadi. Bundan tashqari, statistik tanlab olish regulyatorlar yoki hakamlar yigilishining ikkinchi nuqtai nazari (farazi) dan qochishga imkon berishi mumkin, boshqa tomonlar tanlab olishning foydalanilayotgan usullariga nisbatan shubhani bartaraf etish lozim. Download 161.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling