11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy


“Qo‘rqut ota kitobi” va uning Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida tutgan o‘rni


Download 50.31 Kb.
bet13/14
Sana14.02.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1196161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
turkiy

29.“Qo‘rqut ota kitobi” va uning Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida tutgan o‘rni.
"Kitobi Dada Qoʻrqud" („Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi)— oʻgʻuz turk dostoni. Ozarbayjon xalq adabiyotining eng qadimiy yozma obidasi (XI-XII asrlar).
Anʼanaga koʻra „Kitobi Dada Qoʻrqud“da dostonlarning muallifligi Dada Qoʻrqudga tegishli deyiladi. XIV asr tarixchilaridan Oybek ad-Davadori va Fazlulloh Rashidaddin Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar davrida yashaganini hamda turklar tomonidan elchi sifatida uning yoniga joʻnatilganini yozganlar. Doston muqaddimasida ham Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar zamonida yashagani qayd etiladi.
Dostonlarning asosiy syujeti quyidagi oʻn ikki boʻy (doston)dan iborat: „Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon“ dostoni, „Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi haqida doston“, „Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak“ dostoni, „Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani haqida doston“, „Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul“ dostoni, „Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali“ dostoni, „Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak“ dostoni, „Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi haqida doston“, „Bagil oʻgʻli Emron“ dostoni, „Ushunxoʻja oʻgli Sakrak“ dostoni, „Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani haqida doston“, „Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi haqida dostondir.


30.Tavfiq Fikret va tanzimot ma’rifati.
Tavfiq fikrat (1867.24.12 Istanbul —1915.19.8) — turk shoiri, maʼrifatparvar, jurnalist. Istanbuldagi Galatasaroy litseyida oʻqigan. Bir qator oʻquv yurtlarida muallimlik qilgan, sheʼrlar yozgan. "Sarvati funun" ("Fanlar boyligi") majmuasi (1892— 1944)ning yozuv ishlari mudiri (1895—1901). Ilk sheʼriy kitobi — "Rubobi shikasta" ("Siniq soz", 1904). T. F. adabiyotga mumtoz sheʼriyat taʼsirida kirib kelgan, soʻngroq gʻarb adabiyoti yoʻlida sheʼrlar yoza boshlagan. Uning sheʼriyatda yaratgan yangiliklaridan biri — sheʼrdagi eng kichik birlik boʻlgan baytda fikrning yakunlanishi majburiyatini yoʻq qilgan, nasrdagi ifodaning keng imkoniyatlaridan nazmda foydalangan, vazn va qofiyaga alohida eʼtibor bergan. Turkcha bilan aruz orasidagi hamoqanglikni muvofiklashtirishda gʻoyat goʻzal natijalarga erishgan.T.F. sheʼrlarining mavzusi xilmaxil. "Sarvati funun"dan ketgach, ijtimoiy sanʼat tushunchasi bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy sheʼrlar yozgan ("Tutun", "Tong otsa", "Erta" va boshqalar). Ularda xalqning mashaqqatli hayotini tasvirlagan. Baʼzi sheʼrlarida esa pandnasihat birinchi oʻringa oʻtadi. "Rubobilaning javobi", "Xoluqning daftari", "Jermin" kabi qator sheʼriy toʻplamlari bor.«Tanzimat adabiyoti» deb nom oigan davr Turkiyada 1839 yildan 1870 yillargacha davom etgan.Turk xalqining bu adabiyoti asosan ma’rifatparvarlik adabiyoti edi. Shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar xotin-qizlar ozodligi, antiklerikal m uam m olar bu adabiyotning asosiy mavzularidan edi. Bu davrda Yevropa adabiyotining bir qancha namunalari Jan Jak Russo, Volter, La Martin, Molerning asarlari turk tiliga tarjima qilindi.
X IX asrning 70-80 yillarida ijtimoiy hayotda reaksiya hukm surdi.Adabiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi senzura kuchaydi, ko‘pgina ijodkorlar hibsga olindi.Nomik Kamolga o‘xshash yozuvchilar surgunda vafot etdi. Natijada ko'pgina shoirlar ijodida tushkunlik, umidsizlik ko'zga tashlana boshladi. O'sha davrda Turkiyada nashr qilingan adabiy-badiiy jurnal «Servati Funun»ning atrofiga ko'pgina progressiv turk yozuvchilari to'plandilar. Tovfiq Fikrat ana shu to'daning boshliqlaridan biri edi.



Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling