11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy


XX asr ozarbayjon adabiyoti


Download 50.31 Kb.
bet11/14
Sana14.02.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1196161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
turkiy

XX asr ozarbayjon adabiyoti.



Husayn Jovid (1882-1945) X X asr O zarboyjon adabiyotining yorqin siymolaridan biridir.Husayn Jovid dramaturgiya janrida muvaffaqiyatli ijod etdi. Uning «Knyaz», Payg'ambar». «Shayx San’on», «Xayyom ». «O 'pqon», «A m ir Tem ur», «Iblis» nomli dramatik asarlari butun dunyoga mashhur bo'lgan. «Amir Temur» dramasi o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Asarda Temurning Boyazid bilan olib borgan urushi hikoya qilingan.Samad Vurg'un Ozarbayjonning Qozoq rayonida tug'ilgan. Yusuf Samad o‘g‘li Vekilov (Vurg‘un-adabiy taxallusi “oshiq” degan ma’noni bildiradi) Boku va Moskva oliy o‘quv yurtlarida o'qigan. Shu yillardan boshlab uning“Shoirlik qasami” , “Fonar”, “Ko'ngil daftari”, “Tong qo‘shig‘i” kabi to'plamlari nashr qilindi. S.Vurg'un XX asr ozarbayjon adabiyotining klassik shoiri edi.Shoirning bu dostonlarida ozarbayjon klassik dostonlari an’analari bilan G'arbiy Yevropa adabiyoti an’analari uyg‘unlashibketgan. “Yigirma oltilar”, “ Kolxozchi xotin Basti haqida qissa” , “ Mo‘g‘on” , “Zanjining orzulari” kabi dostonlari o‘z davrida juda mashhur bo'lgan. Anor 1938 yilda mashhur shoir Rasul Rizoning oilasida tug‘ilgan. On asi Nigor Rafibeyli ham mashhur shoira edi. Anor keyingi yillar Ozarboyjon adabiyotining yirik vakili sifatida ko‘plab baquvvat asarlar ijod qilmoqda. Uning «Besh qavatli uyning oltinchi qavati» nomli asarida hozirgi zamondoshlarimizning ruhiy dunyosi katta mahorat bilan chizib burilgan.«Dantening yubileyi» nomli qissada esa hozirgi davrning dolzarb muammolariga munosabat bildiriladi. Asarda talantli aktyor Fayzullaning savodsiz, madaniyatsiz va xudbin rejissor Siyovush tomonidan tahqirlanishi hikoya qilinadi.



  1. Alp Er To‘nga shaxsiyati va u haqda yaratilgan asarlar.

Eng qadimgi turk dostonlaridan biri “Alp er To'nga” nomli dostondir. Bu doston qahramoni Alp er To‘nga tarixiy shaxs bo'lib, ayrim tarixiy ma’lumotlarga qaraganda eramizdan oldingi V II asrlarda yashagan. Bu shaxs haqida ko'plab asarlarda m a’lumot beriladi. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida Alp er To'nganing forscha nomi Afrosiyob deb ta’kidlab o'tgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Afrosiyob Turonning podshosi bo'lganligi, uning mard, jasur va tadbirkor podshoh bo'lganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Umuman, Alp er To'nga haqida Sharq adabiyotida ko'plab asarlar yozilgan. Mahmud Koshg'ariyning “Devoni lug‘atit turk” kitobida Alp er To'nga haqida yozilgan dostondan ko'plab parchalar keltirilgan. Bularda Alp er To'nganing qahramonliklari, Turon tuprog'ini chet el bosqinchilaridan himoya qilishi, Eron bilan olib borgan janglari hikoya qilinadi.Mahmud Koshg‘ariy devonida Afrosiyobni Alp Erto‘nga deb ko‘rsatsa, “Qutadg‘u bilig” avtori Yusuf Xos Hojib Afrosiyob deb ko‘rsatadi.






  1. Download 50.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling