11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy


Chingiz Aytmatov qissalari


Download 50.31 Kb.
bet2/14
Sana14.02.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1196161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
turkiy

12.Chingiz Aytmatov qissalari. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi boʻldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi engajoyib qissa» deb atagan. „Oq kema“  Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi.Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ adibning boshqa asarlariga qaraganda ancha ogʻir oʻqiladi. Chunki uning bosh qahramoni Kirisk birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, soʻngra esa otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik, falokat yoki dushman bilan olishuv natijasida emas chorasizlikdan, bundan ortiq soʻngsiz azob-uqubatga mubtalo boʻlmaslik, yanayam boshqacha aytganda, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish buyuk neʼmatni yaxshi anglamagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qiladi.
13.Aziz Nesinhikoyalari. Aziz Nesin (taxallusi; asl ismi Mahmud Nusrat) (1915, Istanbul – 1995, Izmir; Istanbulda dafn etilgan) – turk hajviy yozuvchisi, dramaturg, Nafis san’at akademiyasi (Istanbulda oʻqigan (harbiy ma’lumotga ham ega). "Marko posho" (1946) taraqqiyparvar hajviy gaz. va boshqa matbuot organlarida ishlagan. "Nuh kemasi" (1949) hajviy jurnal nashr etgan. Koʻplab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi. "Jinnilar ozod boʻldi", "Ishbilarmon odam", "Noziq va nafis", "Xudoga shukur" va boshqa asarlari siyosiy oʻtkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor oʻz nuqsonlaridan kulishga majbur etadi. A. N. asarlarining qahramonlari – ish axtarave-rib bezor boʻlgan mayda amaldor, omad-siz ziyoli va qashshoq ishchi ("Yashasin kambagʻallik", "Maydon soatlari", "Xotin kishi boʻlganimda-yu..." va boshqalar). "Shunday boʻldi, bunday boʻlmaydi" avto-biografik qissasi, "Aziznoma" hajviy she’rlar va "Mamlakatlardan birida" hajviy hikoyalar toʻplamlari mavjud. Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida "Dafna chambari" olgan (1956, 1957). Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi.Asarlari oʻzbek ("Musht ketdi", 1966; "Xushtak afandim", 1969; "Fut-bol qiroli", 1978 va hokazo) va boshqa tillarda nashr qilingan. MASXARABOZ
Bemor doktorga o’z dardini to’kibdi:
— Doktorbey, tobim yo’q. Hayotdan zavq ololmayapman. Iztiroblarimni unutolmay qiynalyapman. Ishtaham yo’q. Tomog’imdan qil o’tmaydi. Ko’z oldimdan och-yalang’och insonlar ketmaydigan bo’ldi. Tonggacha uxlolmay ular bilan birga sovqotib chiqaman.
Jinoyat haqidagi xabarlarni o’qiganda o’sha jinoyatda mening ham aybim yo’qmikan, deb o’yga tolaman. Qotil tutgan pichoqning sopi qo’limni kuydurayotgandek bo’laveradi. Otilgan har bir o’q mening qalbimga sanchilgandek azoblanaman. Jamiyatdagi barcha ayb,
jinoyat va gunohlarni ortmoqlab ketayotgandek his qilaman. Kulishni tamoman unutib yubordim. Doktorbey, menga yordam bermasangiz holim xarob — deya shikoyat qilibdi.
Doktor bemorni tekshirgandan so’ng, yelkasiga qo’lini qo’yib deraza oldiga olib boribdi. Pardani tortib barmog’i bilan ko’cha betidagi afishani ko’rsatibdi. Unda sirk masxarabozining rasmi bor ekan. Doktor o’sha masxarabozga ishora qilib:
— Azizim, — debdi. — Anavi masxarabozni ko’ryapsizmi? Har kuni oqshomda ajoyib tomoshalar ko’rsatmoqda. Sizga tavsiyam, o’sha tomoshaga boring, barcha iztiroblaringizni unutasiz, maza qilib kulib dam olasiz. Dilingiz yayraydi. Kasallikdan ham asar qolmaydi.
Bemor boshini egibdi va chuqur bir uh tortgandan keyin debdi:
— Doktorbey, o’sha masxaraboz, menman!
Turk tilidan Ma’rufjon Yo’ldoshev tarjimasi
14.Nozim Hikmat she’riyati. Nozim Hikmat Ran (Nâzım Hikmet Ran) (1902.15.1, Saloniki — 1963.3.6, Moskva) — turk shoiri va jamoat arbobi. Turk she’riyatiga yangi ritm va erkin she’r janrini olib kirgan. Harbiy-dengiz bilim yurtida o’qigan. «Qirq haromilar asiri» she’ri (1920) Turkiyaning mustamlakachilik kishanlariga tushayotganiga qarshi yozilgani uchun inglizlar va sulton saroyi tomonidan ta’qib etilgan. G’arb davlatlarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash g’oyalari ta’sirida Moskvaga kelib (1922), Sharq xalqlari mehnatkashlari kommunistik universitetida o’qiydi. Vataniga qaytgach (1924), adabiy faoliyat bilan shug’ullanadi. 1927 y. ona yurtidan quvg’in qilingan Nozim Hikmat yana SSSRga keladi. Shoirning «Quyosh ichganlar qo’shig’i» nomli dastlabki she’riy to’plami Bokuda chop etiladi (1928). Nozim Hikmat bu davrda Mayakovskiy estetikasi ta’sirida intim tuyg’ular tasviridan ongli ravishda qochib, minbar she’riyat namunalarini yaratadi. Shu yili Turkiyaga qaytib, gazeta tahririyatida ishlaydi, Ko’p o’tmay u yana qamoqqa tashlanadi. 1950 y. ozod bo’lgan Nozim Hikmat yana sho’rolar mamlakatiga ko’chib kelib (1951), umrining oxirigacha Moskvada adabiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug’ullanadi.
O’zbekistonda Nozim Hikmat ijodiga qiziqish 1928 yildayoq boshlangan. G’afur G’ulom, Shayxzoda, Mirtemir va boshqalar Nozim Hikmatning ko’plab asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. «Turkiya haqida hikoya» p`esasi hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrida, «Bir sevgi afsonasi» p`esasi asosidagi balet esa Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida sahnalashtirilgan.

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling