11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy
RashodNuriGunteginning«Choliqushi»asaritahlili
Download 50.31 Kb.
|
turkiy
18.RashodNuriGunteginning«Choliqushi»asaritahlili. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri Choliqushi (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda Vaqt gazetasida bolim-bolim elon qilina boshlangan. Asar birinchi marta yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining ozgartirishlaridan keyin 1937-yilda Choliqushi romani mukammal holga keltirilgan. Choliqushi ishqiy mavzuda yozilgan asar bolishi bilan birgalikda osha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. Choliqushi Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi. Asarda bosh qahramon Feridening boshidan o`tkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo`lgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. Gururi va sevgisi orasida muntazam kurashni toxtat olmagan Feride uzoq yil g’ururining sevgisi ustidan qozongan g’alabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g`ururi tufayli ko`p yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o`tkazgani asosiga qurilgan.Asarning asosiy g`oyasi Asarda Feridening qaysarligi tufayli o`z muhabbatini tan olmasdan nafratini muhabbatidan ustun qo`yib, g`ururi va sevgisi o`rtasidagi jangi asosiy g`oya sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o`ziga ham bu haqida oshkor qilishga jur`at etolmasdan qalb og`riqlarini boshidan o`tkazadi. Mana shu kechinmalarga g`ururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan. Asarning bosh qahramoni bo`lmish Feride tabiatan ozod erkin bo`lib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni Choliqushi deb nomlagan. Ko`pchilik asarlardagi bosh qahramon qiz obrazi sodda, ko`ngilchan, muloyim qilib tasvirlanadi. Lekin Rashod Nuri Guntekin Feride obrazini buning aksi qilib yoritgan, ya`ni uni qat`iyatli, jur`atli, mard, o`zini xafa qildirib qo`ymaydigan, hayot qiyinchiliklariga chidamli va shu bilan birga ich ichidan o`zi ham tan ololmaydigan sevgisining asirasi sifatida gavdalantirgan. Kamron obrazini esa buing aksi, biroz bo`shroq, muloyim, qat`iyatsiz lekin shu bilan birga oliyjanob inson qilib tasvirlagan. Yozuvchi tomonidan bu ikki qarama-qarshi obrazlarning psixologiyasi juda kuchli va aniq qilib ochib berilgan.
Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling