11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy
Download 50.31 Kb.
|
turkiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEN UCHUN SEN ENDI HAR KIM KABISAN
- 15.Massagetlar va ular to‘g‘risida yaratilgan afsonalar.
- SKIFLAR «OV»I AFSONASI
- 16.Turkiya – Turkiy madaniyatlar va adabiyotlar tizimida
SEVAMAN SENI
Sevaman seni nonni tuzga botirib yegandek kechalari otashda yonib uyg’onib jo’mrakdan simirib suv sipqorgandek Og’ir pochta o’ramini qaydan nima bilmasdan shoshilib, sevinib, tusmol ichinda ochgandek sevaman seni ilk daf’a tayyorada dengiz uzra uchgandek Istanbulda yumshoq oqshom cho’karkan ichimda bir nima jimirlagandek sevaman seni Yashayapmiz ming shukur degandek MEN UCHUN SEN ENDI HAR KIM KABISAN Ko’zlarim ko’zingda sevgilar sochmas Ulardan qalbimda sezgilar kechmas Ruhimni dol etdim senga navbat bas Men uchun sen endi har kim kabisan Yo’lingni poyladim toki tonggacha Qochmoqdaman bugun sendan men inja Yurakni tingladim va yetarlicha Angladim sen endi har kim kabisan Butkul unutdim men komil iymonim Moziyga qorishdi ham ichgan ontim Qalbimda sen uchun yo’qdir hech zorim Men uchun sen endi har kim kabisan. 15.Massagetlar va ular to‘g‘risida yaratilgan afsonalar. Antik davr tarixchilarining kitoblarida skiflarning keyingi qavmlari hayotiga oid bir necha rivoyat va afsonalar saqlanib qolgan. Мasalan, «Tomir» («To‘maris») Gerodotning «Tarix», «Shiroq» («Sirak») Polienning «Harbiy hiylalar» kitobida, «Zarina va Striangey» esa sisiliyalik Diodorning «Kutubxona» asarida Kteziy kitobidagi bayon asosida saqlangan. Bu asarlarning matni hozirgacha mavjud darslik va qo‘llanmalarda bir necha bor keltirilgan. Albatta, bu adabiy yodgorliklar hajm jihatidan katta eposlar qatorida turgan bo‘lishi mumkin. Chunki voqyealarning keskinligi, qahramonlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchliligi va ularning fojiali taqdiri shundan darak beradi. Lekin bundan qat’iy nazar ana shu kichik mazmun turkiy adabiyotning antik davri borligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tomir va Zarina haqidagi eposlar yunon hamda ossuriya tarixchilarining asarlarida keltirilgan skif hukmdori Мadining taqdiri bilan mantiqan bog‘lanadi. Bu ikki ayolning erlari shoh bo‘lgan, erlari o‘lganidan so‘ng taxtga o‘zlari o‘tirishadi va midiyalik bosqinchilarga qarshi mardlarcha kurash olib borishadi. Tomir turkiylarning massaget, Zarina esa shak(sak) qabilalarining beva malikasi. Мidiya shohlari beva malikalarning avval o‘ziga, so‘ngra mamlakatiga egalik qilishni orzu qiladi. SKIFLAR «OV»I AFSONASI Qasoskor skiflarning to’dasi Midiya yeriga ko’chib o’tdilar. Bu paytda midiyaliklar shohi Deiokning nevarasi, Fraortning o’g’li Kiaksar edi. Boshpana so’ragan skiflarni Midiya shohi dastlab do’stona qabul qildi. Ularga ishonganidan o’z o’g’illarini topshirdi, kamondan o’q otish sirlarini o’rgatishni so’radi. Skiflar ovchilik bilan shug’ullanishar, turli qushlar va jonivorlarni ushlab kelishar va uni Kiaksarga tuhfa etishar edi. Lekin kunlardan bir kun skiflar ovdan hyech narsa olib qaytisholmadi. Buning uchun Kiaksar qo’llari bo’sh kelgan skiflarni yomon so’zlar bilan haqoratladi. Midiya shohidan nohaq so’kishlarni eshitgan skiflar juda xafa bo’ldilar va shohning shogirdlikka bergan o’g’illaridan birini chopib, bo’laklab, ov mahsuloti sifatida Kiaksarga sovg’a qilishga qasam ichdilar. Shundan so’ng oddiy ovdek bolaning ichak-chavog’ini tozalashdi, va uning go’shtini pishirishib, Kiaksarning dasturxoniga qo’yishdi. Bu voqyeadan keyin skiflar o’z sirlari oshkor bo’lib qolishidan cho’chishib, tezda Sardi shahriga, Lidiya shohi Aliatt huzuriga qochishdi. Kiaksar esa go’shtni mehmonlari bilan birgalikda tanavvul etdi. Kiaksar tanavvul etilgan go’sht o’g’liniki ekanligini bilib, skiflardan o’ch olishga ont ichdi. Lekin Kiaksar har qancha talab qo’ymasin, Aliatt skiflarni unga qaytarib berishni istamadi. Midiyaliklar va lidiyaliklar o’rtasida urushning boshlanishiga skiflar «ov»i sabab bo’lgan ekan. 16.Turkiya – Turkiy madaniyatlar va adabiyotlar tizimidaTurk xalqi turkiy qavmlarning ichida aholi jihatidan eng ko‘pi va eng rivojlangani bo'lib hisoblanadi. Bu qavm o‘z mustaqilligi va erki uchun asrlar davomida kurashib, murakkab tarixiy davrni boshidan kechirgan. Turk halq og'zaki ijodida juda ko'plab qo‘shiqlar, ertaklar, afsona va rivoyatlar mavjud. Eng qadimgi turk xalqi dostonlaridan biri «Yaratilish dostoni» bo'lib, unda insoniyatning yaratilishi, dastlabki turk ajdodlari haqida qiziqarli rivoyatlar berilgan. Ayniqsa, «0 ‘g‘iznoma» nomli dostonda qahramonlik motivlari ko'tarinki ruhda kuylangan. Bu doston bir qancha bo'limlardan iboratdir. Go‘ro‘g‘li obrazi qatnashgan bir qancha dostonlar sikli ham mavjud bo‘lib, ular boshqa turkiy xalqlar adabiyotidagi shu tipidagi dostonlar bilan hamohangdir. «Dada Qo'rqut» haqidagi doston ham turk xalqi folklorining eng baquvvat asarlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bulardan tashqari turk xalq og'zaki ijodida ko'plab turli mavzulardagi mavsum-marosim, mehnat qo'shiqlari, ertaklar, latifalar va hikoyatlar uchraydi. Nasriddin Afandi nomi bilan mashhur bo'lgan latifalar dastlab turk xalqi og'zaki ijodida paydo bo'lgan. Turklarning ham dastlabki yozma adabiyoti arab va fors tillarida yaratilgan. Chunki X I-X IV asrlarda Turkiyada saljuqlar saltanati davrida arabtili din va fan tili, fors tili esa saroy poeziyasi tili rolini o'ynar edi. Keyinchalik turk tilida ilk badiiy asarlar yaratila boshladi. Eng birinchi Turk yozuvchilaridan biri sifatida Jaloliddin Rumiyni (1207 - 1273) ko'rsatish mumkin. Ota-bobolari asli Xorazmlik turkiy qabilalardan bo'lgan. Jaloliddin Rum iy Sharq klassik adabiyotining ulug‘ siymolaridan biridir. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi buyuk zotlar Jaloliddin Rumiyga e’tiqod qilganlar va o'zlariga ustoz deb bilganlar. Ahmad Yassaviy « Hikm at» devoniga kirgan she’rlarining ko'pchiligi «Qur’on» va «Hadis»lardagi ilohiy ma’nolarni sodda va tushunarli qilibturkiy tilda bayon etgan bo'lsa, ikkinchi bir turk Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy» si ana shu vazifani forsiy tilda bajardi. «Masnaviy» asari ko'plab rivoyatlar asosida yozilgan, har bir rivoyatda biron-bir ibratli voqea hikoya qilinadi. X IV -X V asrlarda Turkiya jahonning eng katta ilmfan madaniyat markazlaridan bo'lgan. Bu davrda ko'pgina mashhur olimlar, fan, madaniyat arboblari Turkiyada to'plangan. Ayniqsa Sulton Boyazid II- davrida Markaziy Osiyolik ko'pgina olimlar Turkiyada panoh topgan. Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling