11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy
М. Jirmunskiy “Qo‘rqut ota kitobi” eposining tadqiqotchisi
Download 50.31 Kb.
|
turkiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32.XX asr Turk adabiyotining yеtuk namоyondalari haqida.
31.М. Jirmunskiy “Qo‘rqut ota kitobi” eposining tadqiqotchisi.
«Qo‘rqut ota kitobi»ni o‘rganishda V. V. Bartold, V. М. Jirmunskiy, A. Kononov, A.Yu. Yakubovskiy kabi turkiyshunoslarning xizmati katta. Bu asarda turkiy xalqlar dostonlarida mavjud qahramonlar obrazi alohida o‘rin egallagan. Bu esa «Qo‘rqut ota kitobi» turkiy dostonlar majmuasini eslatadi. V.М.Jirmunskiy epos variantlaridan birida Aruz (ayrim variantlarda Uruz) Afrosiyobning o‘g‘li deb ko‘rsatilganligini ta’kidlaydi. Turk olimi R.O‘zdek tiklagan «Alp Er To‘nga» dostonida esa Alp Ariz Afrosiyobning ukasi, Peshengning ikkinchi o‘g‘lidir. Aruz «Qo‘rqut ota kitobi»dagi markaziy obrazlardan hisoblanadi va u ulkan pahlavon sifatida tasvirlanadi: «To‘qson qo‘yning terisidan tikilgan po‘stini to‘pig‘iga yetmaydi, o‘nlab qo‘yning terisidan tikilgan telpagi sochini ham yopmaydi. Tushligiga o‘nlab qo‘ylar yetmaydi.» Alp Aruz bu xususiyati bilan afsonaviy turkiy bahodirlarni – Alpomish va Мanasni eslatadi. 32.XX asr Turk adabiyotining yеtuk namоyondalari haqida.XX asr boshlarida turk poeziyasiga Yevropa simvolistlarining ta’siri katta bo'ldi. Bu davr turk poeziyasida milliy o'zini anglash mavzusida ko'plab asarlar yaratildi. Yahyo Kamol Bayotli, Ahmed Hoshim, Ahmed Hofiz Chamlibel singari shoirlar she’riyatda yangi motivlar, yangi she’riy shakllarda bayon etildi. Poeziyada barmoq vazni asosan yetakchilik qildi. Shoir Mehmed Emin Yurdakulning she’rlari ayniqsa xalq og'zaki ijodiga juda yaqin edi.30-yillar turk poeziyasining yetakchi shoirlaridan biri Nozim Hikmat bo’ldi. U turk she’riyatining uzoq asrlardanbuyon davom etib kelayotgan an’anasini buzib, o’ziga xos yangi yo’ldan bordi. Shoir turk poeziyasida birinchi bo’liberkin vaznda ijod qila boshladi. Bu vaznda qofiya va hijolar o’lchamiga ko’p ham e’tibor bermasdan, asosiymaqsad fikrni aniq, hammaga tushunarli qilib berish kerak. She’rda intonasiya asosiy o’rinni egallash lozim. N.Hikmat shu sohadagi faoliyati bilan turk she’riyatida yangi yo’nalishga asos soldi. U novator shoir sifatidaadabiyot tarixida qoldi. Uning an’analari faqat turk adabiyotiga emas, balki butun turkiy tildagi xalqlar adabiyotigaham samarali ta’sir qildi. Shu jumladan, ko’plab o’zbek shoirlari ham N. Hikmatni o’z ustozi deb biladilar. Shoirning«Inson manzaralari» nomli she’riy to’plami talantli shoir Rauf Parfi tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling