19.“Masnaviy ma’naviy” hikmatlarida axloq va nafs tarbiyasi haqida. «Ma’naviy masnaviy» mohiyatan Qur’oni karimning o’ziga xos she’riy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir. Asar «Xutba»sida mavlononing o’zi izohlashicha: «Bu yuraklarga malham bo’lguvchi, g’am-g’ussalarni ketkazguvchi, «ulug’, itoatli mirzolar (farishtalar) qo’llari» bilan bitilgan, «tahoratli pok kishilar»dan boshqalarning ushlashi harom etilgan, «oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan», rizq-ro’zni mo’l-ko’l qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi Qur’oni karim ma’nolarini kashf etguvchi kitobdir». Bu asardagi deyarli har bir bayt yo muqaddas Qur’on oyati, yo hadisi sharif bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis ma’nosi biror voqea, hodisa va yo rivoyat yordamida ochilganligini, muqaddas kitobdan juda ko’p iqtiboslar olinganini ta’kidlaydi.
20.ChingizAytmatovning “Oqkema” qissasi haqida. Oq kema“ Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. „Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashr dan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotidan chop etilgan. Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Adib toki insonlarda bolalarga xos bokiralik, vijdoniylik mavjud ekan, haq-adolatning umri boqiy degan g’oyani ilgari suradi. “Chunki, - deb yozadi Aytmatov, - insonga xos bolalarcha beg’ubor vijdoniylik bamisoli urug’dagi murtak-o‘zakka o‘xshaydi, murtak-o‘zagi bo‘lmagan urug’ unib chiqmaydi”
Do'stlaringiz bilan baham: |