11. Masnaviy ma’naviy asari haqida. Masnaviy maʼnaviy


“Naynoma”ga yozilgan sharhlar xususida


Download 50.31 Kb.
bet8/14
Sana14.02.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1196161
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
turkiy

22.“Naynoma”ga yozilgan sharhlar xususida
Rivoyatga ko’ra, Salohiddin Zarko’b vafotidan so’ng o’rinbosarlik martabasini egallagan Husomiddin Chalabiy mavlono Rumiyga tez-tez murojaat etib, «Mavlaviya muridlariga mashg’ulotlar va suhbatlar paytida aytadigan gaplaringizni Hakim Sanoyining «Hadiqat ul-haqoyiq» va «Ilohiynoma»siga o’xshash, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»i ruhida yirik bir asar qilib yozsangiz, jamoatimiz uchun ta’sirli dasturilamal bo’lar edi», deya bir necha bor taklif etadi. Kunlarning birida, murshidu murid bog’da sayr qilib yurganlarida Chalabiy o’sha taklifini mavlonoga yana eslatadi. Shunda Rumiy sallasi qatidan 18 bayt she’r yozilgan bir qog’ozni olib unga uzatadi. Ana shu o’n sakkiz bayt yozilajak 25 ming 632 (boshqa bir manbaga ko’ra 26 ming 840) baytli, olti daftardan iborat «Ma’naviy masnaviy»ning keyinchalik shartli ravishda «Naynoma» deb nomlangan debochasi edi. «Ma’naviy masnaviy»ning asosiy maqsadi insonni illatlardan poklanishga, komillikka, mukammallikka, ma’naviy yetuklikka da’vat etishdir. Mavlono asarning boshidayoq – «Naynoma»dayoq shunga ishora qiladi. Ruhlar olamidan ajratib olinib, qolipga solingan, ya’ni insoniy qiyofa berilgan ruhni qamishzordan kesib olinib, nayga aylantirilgan va moddiy olamning g’amu tashvishlariga giriftor etilgan qamishga o’xshatadi. Nay o’z asliga – qamishlikka va qamishzorga qaytishni istaydi. Inson ruhi ham shu. U boqiy olamdan foniy olamga o’tgan. U aslida pok bo’lgan, moddiy olamda esa unga moddiy orzu-havaslar, turli nafslar, kibru havolar va hokazo illatlar ilashgan. Bu olamda u istasa-istamasa, shunday illatlar bilan kirlanadi. Ammo u o’z boqiy makoniga poklanib qaytishi lozim. Chunki u nafsi, orzu-havaslari yo’lidan yurib, adashgan, o’z asl pokligini, ma’sumligini, begunohligini yo’qotgan: boy bo’lsa – saxiylikni unutgan, amalga minsa – kibrga berilgan, avomni mensimay qo’ygan va hokazo… Poklanishning yagona yo’li – Ishqdir, Alloh sevgisiga berilishdir.O’z zamonidan buyon uni sharhlashga va tushunishga bo’lgan urinishlar to’xtagan emas. Dastlab Turkiyada Jaloliddin Rumiyning o’z o’g’li Sulton Valad, zamondoshlari Ahmad Aflokiy, Faridun Sipohsolor bu ishga qo’l urgan bo’lsa, keyinchalik turk tilida Sham’iy, Sarvariy, Ismoil Anqaraviy, Fuod Ko’pro’lu, Abdulboqi Gulpinarli, Mehmet Ali Ayniy, Sulaymon Nahifiy, Obiddin Posho, Valad Uzbudak, Mithat Bahori Baytur va boshqalarning tarjimalari, sharhlari, tadqiqotlari dunyo yuzini ko’rdi. Eronda bunday sharhlar Ali Dashtiy, Abulhasan Zarrinko’b, Shafi’ Kodkaniy, Jamol Humoiy, Muhammad Iste’lomiy, Taqiy Purnomdoriyon, Murtazo Behishtiy, Nosiriddin Sohibzamoniy, Abdulkarim Siro’sh, Badi’uzzamon Furo’zonfar va Ja’far Shohidiy tomonidan yozildi. Urdu tilida Munshi Ali, Yusuf Alishoh Chishtiy tarjimalari, Shibliy No»moniy, Abduali va Hanifa Abdulhakim sharhlari paydo bo’ldi.

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling