11 mavzu. Aromatik uglevodorodlar Reja
Download 431.45 Kb.
|
11 - ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- 1. Aromatik uglevodorodlarning molekula tuzilishi, izomeriyasi, gomologik qatori, nomenklaturasi
- Aromatik birikmalarning sinflanishi.
11 11 - mavzu. Aromatik uglevodorodlar Reja: 1. Aromatik uglevodorodlarning molekula tuzilishi, izomeriyasi, gomologik qatori, nomenklaturasi. 2. Aromatik uglevodorodlarning olinish usullari. 3. Fizik va kimyoviy xossalari. Tayanch so‘z va iboralar: benzol, antiaromatik, aromatiklik, orto-, meta-, para-, assillyasion gipoteza, delokallashgan, ekvivalent, alkilbenzollar, yadroviy izomeriya, holat izomeriyasi, fenil, arillar, yengil moy, o‘rtacha moy, og‘ir moy, anterasen moy, kuyindi, neftni aromatlash, degidro-sikllash, toluol, ksilol, lavsan, etilbenzol, stirol, izopropilbenzol, yo‘naltirish qoidasi, birinchi tur o‘rinbosarlar, ikkinchi tur o‘rinbosalar, elektrofil, nukleofil, oriyentasiya, oriyetatsiya, difenil, trife-nilmetan, naftalin, antrasen, fenantren. 1. Aromatik uglevodorodlarning molekula tuzilishi, izomeriyasi, gomologik qatori, nomenklaturasi Aromatik birikmalar deganda o‘ta to‘yinmagan bo‘lishiga qaramasdan, birikish reaksiyalariga qiyinchilik bilan, almashinish reaksiyalariga osonlik bilan kirisha oladigan, tuzilishida benzol halqasi bo‘lgan birikmalar tushuniladi. Bundan tashqari aromatik birikmalar jumlasiga juda ko‘p besh va olti a’zoli geterosiklik birikmalar, ferrotsen, siklopropenil ioni va boshqalar mansubdir.Aromatik birikmalar uchun juda ko‘p reaksiyalarning oson borishi, oksidolvchilar ta’siriga chidamliligi, qo‘shbog‘ uzilishi hisobiga boradigan reaksiyalarning qiyin, vodorodni turli elektrofil agentlarga oson almashinishi kabi xususiyatlar xosdir. Organik birikmalar aromatik bo‘lishlari uchun Xyukkel qoidasi 4n+2 (n = 0,1,2,3…) ni qoniqtirishi shart, ya’ni molekuladagi - elektronlar soni 2,6,10 va xokoza bo‘lganda molekula aromatik bo‘lishi mumkin. Aromatik birikmalarning sinflanishi. Aromatik birikmalar asosan ikki guruhga – bir benzol halqali va ko‘p benzol halqali birikmalarga bo‘linadi. Aromatik birikmalar ham aromatik halqadagi vodorodni galogen, gidroksil va boshqa funksional guruhlarga almashganligiga qarab funksional almashgan birikmalarga bo‘linadilar. Ko‘p benzol halqali aromatik birikmalar ham o‘z navbatida, jipslashgan va jipslashmagan ko‘p benzol halqali birkmalarga bo‘linadilar. Download 431.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling