11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Rasm 20.2. Nizoni echishning shaxslararo usullari. 20.4. Tashkiliy o’zgarishlarning mohiyati


Download 0.65 Mb.
bet57/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Rasm 20.2. Nizoni echishning shaxslararo usullari.
20.4. Tashkiliy o’zgarishlarning mohiyati.

Tashkilotdagi o’zgarishlar tashkilotning ichki o’zgaruvchilaridan (maqsadlar, struktura, vazifa, texnologiya, inson omili) bittasini yoki bir nechtasini rahbariyat tomonidan o’zgartirilishini nazarda tutadi. Masalan, tashkiliy strukturani o’zgarishi, yangi mahsulotni ishlab-chiqarish, texnologiyani o’zgarishi va h.k. bunday qarorlarni qabul qila turib, rahbariyat faollikni namoyish etishi yoki vaziyat o’zgarishi talablariga javob berishi lozim. Tashkilotdagi vaziyatni salbiy tomonga o’zgarishini nazorat sistemasi aniqlaydi. Tashkilotdagi o’zgaruvchanlarni tahlil etishda ularning o’zaro bog’liqligini rahbar unutmasligi lozim. Bitta o’zgaruvchanga ta’sir etish boshqalarini ham muvozanatdan chiqaradi. Axborot sistemalarining joriy etilishi struktura o’zgarishlariga sabab bo’ladi.


Maqsadlar. Tashkilotning tashqi va ichki muhitiga mos ravishda uning maqsadlari ham o’zgaradi. Tashkilot maqsadlari bajarilsa ham, bajarilmasa ham o’zgaradi. Maqsadlarni o’zgartirish zaruriyatini nazorat sistemasi aniqlaydi va rahbariyatni xabardor qiladi. Maqsadlarning keskin o’zgarishi tashkilotni ichki o’zgaruvchanlarining hammasiga ta’sir qiladi.
Struktura. Struktura o’zgarishlari – tashkiliy o’zgarishlarning bir qismi hisoblanadi. Bunga vakolatlarning va javobgarlikning taqsimlanishi, koordinatsiya va integratsiya mexanizmlari, bo’limlarning tashkil etilishi, boshqaruv iyerarxiyalari va markazlashuv darajalari tegishlidir. Struktura o’zgarishlari tashkilotda keng qo’llaniladigan o’zgarishlardan hisoblanadi.
Texnologiya va vazifalar. O’zaro chambarchas bog’langan o’zgaruvchanlar ya’ni, texnologiya va vazifalarning o’zgarishi topshiriqlarni bajarish jadvalini va jarayonini, yangi ishlab-chiqarish jihozlarini yoki usullarini, me’yoriy o’zgarishlarni va ishning o’zi bilan bevosita bog’liq o’zgarishlarni nazarda tutadi. Struktura o’zgarishlari kabi texnologik o’zgarishlar ham rejalarni qayta ko’rib chiqishni, strukturani takomillashtirishni, ishchi kuchlarini rivojlantirishni talab qiladi. Masalan, tovar-material zahiralarini sifatini nazorat qilishning yangi usulini joriy etish tashkilotning vazifalarining o’zgarishini ham talab qiladi.
Insonlar. Insonlardagi o’zgarishlar imkoniyatlarni, jihozlarni yoki tashkilot xodimlarining xulq- atvor o’zgarishini nazarda tutadi. Bu texnik tayyorgarlikni, shaxslararo yoki guruhlararo muloqotni, motivlashni, sardorlikni, ish sifatini baholashni, rahbarlarni malakasini oshirishni, guruhlarni shakllantirishni, ishdan qoniqish darajasini oshirish dasturlarini joriy etishni, mehnat faoliyatini sifatini oshirishni qamrab olishi mumkin. Odatda, ushbu sohalarni boshqarishdagi o’zgarishlar xodimlarning jiddiy noroziligiga sabab bo’ladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling