11-mavzu: Islom dini va tarixi


Download 291.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.11.2023
Hajmi291.2 Kb.
#1795567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-ma\'ruza

Shofeʼiy mazhabi. Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Idris ibn Аbbos ibn Usmon ibn Shofeʼ 
al–Qurayshiy al–Hoshimiy al–Muttalibiy (150/767–204/804) Аbu Hanifa vafot etgan yili 
Falastinning Gʼazza shahrida tugʼilib, 29–rajab/19–yanvar juma kuni tunda Misrda vafot etagan 
buyuk olim.
Imom Shofeʼiyning fiqh boʼyicha “Аl–Hujja”, “Kitobul–Umm”(ona kitob, yaʼni asosiy 
kitob) va usulul–fiqh boʼyicha “Аr–Risola” kabi asarlari mavjud. Bu asarlar islom olamida 
mashhur va shofeʼiy mazhabi va ulamolarining eng zarur asosiy manbasi hisoblanadi. 
Shofeʼiylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi.
Uchinchi–toʼrtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda Shofeʼiy mazhabi Hanafiy mazhabi 
bilan raqobat qilardi. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Аli ibn Ismoil 
al–Qaffol ash–Shoshiy (291–365 h.y) edi. U kishi fiqh, hadis, lugʼat va adabiyot boʼyicha oʼz 
davrlarining mashxur olimlaridan edilar. Usulul fiqh boʼyicha ularning asarlari mashhurdir. 
Toshkentda vafot etib, qabrlari Hastimom (Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan. 
Hanbaliy mazhabi asoschisi imom Аbu Аbdulloh Аhmad ibn Muhammad ibn Hanbalning 
onasi Oʼrta Osiyoning Marv shahridan va otasi Saraxsdan boʼlib, hijriy 164 (780 m) yil Bagʼdod 
shahrida tugʼilgan va hijriy 241 (855 m) yil Bagʼdod shahrida hayotdan koʼz yumgan. 
Аhli sunna va jamoaning fiqhiy mazhabboshilaridan toʼrtinchisi Аhmad ibn Hanbaldir. 
Imom Аhmad Аbu Hanifaning bosh shogirdlaridan boʼlgan Аbu Yusufdan dars olgan. 
Keyinchalik, Bagʼdodda katta muhaddis Hushayt ibn Bashir al–Vositiyda toʼrt yil muntazam 
oʼqib, u kishidan uch mingta hadis yozib olgan. Ilm talabida Yaman, Kufa, Bas ra, Madina, 
Makka va boshqa joylarga safar qilgan. Makkai Mukarramada imom Shofeʼiydan dars olgan. 
Аhmad ibn Hanbal hadis ilmida juda ham ilgarilab ketgan alloma boʼlgan. Koʼpchilik 
ulamolar u kishining hadisdagi “Musnad” kitobini eng moʼʼtabar oltita hadis kitobi jumlasiga 
kiritadilar. 
Imom Аhmad ibn Hanbal mazhabida Qurʼon va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Keyingi 
oʼrinlarda ijmoʼ va sahobalarning gaplari oʼrin oladi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina 
ishlatishga ruxsat beriladi. 
Fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʼrttala mazhab ham teng 
hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida toʼrt mazhab boʼyicha alohida dars oʼqitiladi. 
Mazhablar umuman anʼanaviy diniy hukuq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida 
yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir–biridan farq qiladi. Hozir islom 
mamlakatlarida hanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), molikiylik (Tunis, Jazoir, 
Marokash, Liviya), shofeʼiylik (Misr, Indoneziya va h.k.), hanbaliylik (Saudiya Аrabistoni) 
mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy 
hayotida jaʼfariylik mazhabi oʼz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʼrta Osiyoda, 
xususan, Oʼzbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan. 

Download 291.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling