11-mavzu: Islom dini va tarixi


 Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, ayol maqomi. Er - xotinlarning huquq va


Download 291.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.11.2023
Hajmi291.2 Kb.
#1795567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-ma\'ruza

5. Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, ayol maqomi. Er - xotinlarning huquq va 
majburiyatlari. 
Islom dinida oila qurishning har bir inson uchun zarurat ekanligi Qurʼonning Nur surasi, 
32-oyatida va hadislarda ham oʼz ifodasini topgan insonlarni juft boʼlib yashamoqlari nihoyatda 
sharafli insoniy yoʼllar bilan boʼlishini koʼzda tutgan. Inson oilada oʼsadi, ijtimoiy tarbiyaning 
boshlangʼich shartlari bilan oilada tanishadi – voyaga yetadi. Ilm-maʼrifatga, atrof-muhitga 


oqilona munosabat, ishchanlik, mehnatsevarlik, kishilarga nisbatan mehru oqibat, avvalo, oilada 
shakllanadi. Oiladagi er-xotin oʼrtasidagi, ota-ona va farzandlar, qoʼni-qoʼshni va qarindoshlar 
oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarda ham axloq, odob tarbiyasining muhim va bunda ayolning 
oʼrni benihoya katta hisoblanadi. Islom dini asoslarini oʼzida mujassam etgan Qurʼoni karim va 
Hadisi sharifda ilgari surilgan axloq-odob qoidalari, mezonlarida oilaviy hayotning oʼzaro 
jipsligi va oila aʼzolarining bir-birlariga boʼlgan munosabatiga, xususan, ayol (ona), opa-singilga 
nisbatan alohida mehru oqibatli boʼlish masalasiga katta ahamiyat beriladi. hadisshunos olim 
Imom al-Buxoriyning “Hadis” asarini keltirib oʼtish joizdir . Аbu Hurayra (rz.)dan rivoyat 
qilingan hadisga koʼra islom dinida oila bilan bogʼliq barcha masalalarga: nikoh bitimi 
chogʼidagi joiz (mahr, oila masʼuliyati va h.k.) va nojoiz (aldash, savdoni buzishi, mahr 
bermaslik, birodar musulmon kishining unashtirilgan qiziga u bergan mahrdan koʼproq mahr 
berib unashtirilish, oʼz singlisi rizqini tortib olish va h.k.) shartlar , oilada uy yumushlarida 
ayoliga yordam berish, ayolini hurmat qilish va avaylash, taloq berishdagi tartiblar , oilaga 
qilinadigan nafaqa , xullas, oilaning qurilishi jamiyat va inson uchun ham ijtimoiy, iqtisodiy va 
maʼnaviy masʼuliyatni oshirishi va foyda keltirishi, oʼzaro jipslik, tinchlik, totuvlik, mehr – 
oqibat va muruvvatning kuchayishiga, tarbiya oʼchogʼi sifatidagi ahamiyatiga toʼla eʼtibor 
qaratilgani tufayli ham islom dini butun dunyoga keng quloch yoyishiga sabab boʼlmoqda desak 
mubolagʼa boʼlmaydi. 
Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o‘ziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri 
zimmasidagi mahr va nafaqa singari moliyaviy va shaxsiy haqlari bor. Ular quyidagilar: 
Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli 
muomala qilinishidir.
Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi bu mahr haqqidir. “xotinlariga mahrlarini 
hadya kabi (ya'ni chin ko‘ngildan) beringiz” (Niso surasi: 4 -oyat), deya amr etgan. 
Er xotinning ozorini ko‘tarishi, u g‘azablanganida va jahli chiqqanida muloyim bo‘lishi, 
uning xatolarini kechirishi kerak. Bunday qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim rivoyat qilishlaricha, Anas ibn Molik roziyallohu anhu 
aytadilar: «Rasullulohdan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini ko‘rmadim». 
Erkak ayolini qizg‘anishi, uning or-nomusini saqlashi kerak. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-
bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli ta'minlashi kerak.
Er xotinini yaxshi ko‘rsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko‘rsa, zulm qilmasligi 
kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajralsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar 
xorlaydi. 
Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilardir: 
Xotinning eriga nisbatan eng birinchi burchi, yoxud erning o‘z ayoli ustidagi eng birinchi 
haqqi bu – ayol kishining eriga itoatkor bo‘lishidir. 
Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o‘tkazib, faqat 
erining roziligi bilangina ko‘chaga chiqishi lozimligidir. 
Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi 
kerak. 
Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror 
narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob 
bo‘ladi. 
Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga 
rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. 


 Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularni hurmat qilishi, farzandlarni urishib la'natlashdan 
tiyilishi lozim. 

Download 291.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling