11-mavzu: Islom dini va tarixi


 Xijob muammo va yechim. Musulmonning ma’naviy qiyofasi, jamiyatdagi xulq atvori


Download 291.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.11.2023
Hajmi291.2 Kb.
#1795567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-ma\'ruza

6. Xijob muammo va yechim. Musulmonning ma’naviy qiyofasi, jamiyatdagi xulq atvori. 
Аvvalo, hijob – arabcha “parda”, “toʼsiq”, yaʼni “biror narsani toʼsib, yashirib turish” 
maʼnosini anglatadi. Maʼlumki, islomda tananing muayyan qismi avrat deyiladi. Odatda, avrat 
erkaklar uchun kindik ostidan tizzagacha (bunga tizza ham kiradi), ayollar uchun esa yuz, ikki 
kafti va ikki toʼpigʼining pastidan boshqa aʼzolarini oʼzgalar nazaridan toʼsish sharʼan 
belgilangan. Qurʼonning “Nur” surasi, 31-oyatida “Moʼminalarga ayting, koʼzlarini nomahram 
erkaklarga tikishdan toʼssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda koʼrinib 
turadiganidan boshqa zeb-ziynatlarini (yaʼni, ustilaridagi liboslardan boshqasini nomahramlarga) 
koʼrsatmasinlar va roʼmollarini koʼkraklarigacha tushirsinlar” deyiladi. Demak, oyatlarda zikr 
etilgani kabi ayollar avratlarini yashirib yurishlari shart, ammo uni yashirish uchun na oyatda va 
na Hadisi sharifdalarda maxsus (hozirgi baʼzi ayollar hijob deb kiyayotgan qora, oq va boshqa 
rangdagi) kiyimlar haqida hech narsa deyilmagan. Аmmo sharʼiy tomondan koʼzlangan maqsad 
ularning avratlari yopiq boʼlishini talab etish, ayolning nomusi va qadrini asrash boʼlgan. Bu 
narsani amalga oshirish uchun oʼzbek milliy liboslari, yaʼni yengi uzun koʼylak, lozim va milliy 
roʼmollar mos keladi.
Hozirgi, globallashuv jarayonlari qizg‘in ketayotgan davrda, bir mintaqadan ikkinchi 
mintaqaga modaning “ko‘chishi” ko‘pincha salbiy xususiyatga ega.
Masalan, biri birining aksi bo‘lgan ikki hodisadagi modani olib ko‘raylik. Biri – hijob. U 
aslida sahroga serob arab mamlakatlarida og‘iz-burunni, ko‘zni, umuman, butun badanni qum 
zarralaridan asrash maqsadida kiyiladigan libos, keyinchalik u islomiy talabga moslashtirilgan. 
Bizda esa, uning vazifasini mintaqaviy fasllarimizga mos keladigan ro‘mol turlari (qishki, 
bahorgi, yozgi, kuzgi) bajaradi. Bir paytlardagi paranji hozir modadan chiqib ketgan
qimmatbaho, zarrin (islomda bunday matolar man etilishiga qaramay), buning ustiga sintetik 
materialdan tikilgan havo o‘tkazmaydigan hijob bizning keskin-qit’aviy yozimizda badanni 
yondirib yuboradi, gigienik nuqtai nazardan zararli. 
Xullas, hijob kiyadigan ayollar bizning yurtimizda kam boʼlgani sababli, boshqalar 
eʼtiborini koʼproq jalb qilmoqda. 
Musulmon 
kishining hayot 
tarzi, 
insonlararo 
muomala 
munosabati, 
yurishturishiga, kiyinishi, yebichishi va tish tozalash, hatto hojagxonaga kirishi ham 
barchabarcha amallari sunnatga muvofiq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda ibodatlar
itoatlar tufayli Allohning rizoligi topiladi. Hazrat Ibn Umar roziyallohu anhu tomonlaridan 
rivoyat qilingan bir hadisda: "Salomdan avval so‘z boshlamang. Kim salomdan avval 
so‘z boshlasa, unga javob bermang...", deyiladi. Demak, ikki musulmon uchrashganda eng avval 
salomlashishi lozim. 
Adabiyotlar 
1. Dinshunoslik. Oʼquv qoʼllanma / Muratov D., Аlimova M., Karimov J., Najmiddinov J., 
Juraev Sh. -Toshkent, 2019. 
2. Dinshunoslik asoslari.Oʼquv qoʼllanma / А.Ochildiev va boshqalar.-Toshkent: 
“Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013.
3. 
Dunyo dinlari tarixi / tuzuvchilar: S.Аgzamxodjaev, D.Rahimjonov, 
N.Muhamedov va b. – T.: ToshDShI, 2011.
4. 
Len Woods. Handbook of World Religions. Barbour Publishing, Ohio. 2008.


5. 
Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of Religion. 
Routledge, USA, 2009.
6. 
Isokjonov R. Islom falsafasi. - Toshkent: Complex Print, 2019. 
7. 
Nizomiddinov N. Sharqiy Osiyo diniy - falsafiy taʼlimotlari va Islom / 
Nizomiddinov N.Gʼ., Hasanov А. – T.: OʼzR FА davlat Аdabiyot muzeyi, 2006.
8. 
Saidjalolov S. Dinlardagi okimlar va sektalar. Ukuv kullanma. - Toshkent: 
Complex Print, 2019. 
9. 
Tulepov А. Islom va aqidaparast oqimlar.-Toshkent: “Sharq”, 2014. 
10. 
Tulepov А. Internetdagi tahdidlardan himoya: yordamchi oʼquv qoʼllanma. 
Masʼul muharrir А.Hasanov.-Toshkent: “Movarounnahr”, 2016. 
11. 
Religiovedeniya. Uchebnoe posobie.4-izd., ispr. idop. Nauchnыy redaktor 
d.f.n.prof. А.V.Soldatov. –Spb.:Izd-vo “Lanь”, 2003.
12. 
Hasanboev Oʼ. Oʼzbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, 
oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yoʼnalishlari. – T.: TIU nashriyot-matbaa birlashmasi, 
2014.

Download 291.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling