11-mavzu: Islom dini va tarixi


Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik


Download 291.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.11.2023
Hajmi291.2 Kb.
#1795567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-ma\'ruza

4.Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik. 
Islom dinida ham inson, shaxs manfaati eng birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Zotan, islom 
dinining nozil qilinishining bosh sababi ham va bu muqaddas dinning asl mohiyati ham inson 
manfaatini oliylarga ko‘tarish edi. Qur’oni karimning bir qator o‘rinlarida bu umuminsoniy 
yuksak qadriyat alohida ta’kidlangan. Inson manfaatlari haqida so‘z yuritilar ekan, avvalo islom 


dini inson zotiga dunyodagi barcha narsalar unga beminnat xizmat qilishi uchun yaratilgan zot 
sifatida qarashligini alohida ta’kidlashimiz lozim. Islom inson uchun lozim bo‘lgan ma’naviy va 
moddiy manfaatlar uyg‘unligini o‘zida mujassam eta olgan dindir. Bu haqda Alloh taolo Qur’oni 
karimning “Isro” surasida:
Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni 
quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz 
yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik” , degan. 
Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi manfaati uchun zarur bo‘lgan 
barcha narsalarni muhayyo qildi hamda uni ikki dunyo saodatiga yetkazadigan qonun-qoidalarni 
joriy qilib qo‘ydi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. Afzallikda unga 
yaqin kela oladigan maxluqot olamda yo‘qdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat 
xizmatkordir. Shubhasiz, bu dunyoda ham oxiratda ham bu afzallik va ne’matlarning mas’uliyati 
va javobgariligi bor. 
Qurʼoni Karimda : “Ey insonlar! Biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratdik. Va oʼzaro 
tanishishingiz uchun sizlarni halqlar va qabilalar qilib qoʼydik. Аlbatta Аlloh taoloning huzurida 
eng hurmatlirogʼingiz taqvodoringizdir. Аlbatta Аlloh biluvchi va xabardor Zotdir”. (Hujurot 13) 
Ushbu oyati karimada Аlloh taolo butun insoniyatga ularning zoti birligini eslatuvchi xitob 
bilan nido qilmoqda. Demak, bu nido butun insoniyatga qaratilgandir. Ularni bir oila farzandi 
ekanliklari va turli halq va millatlarga boʼlinish sababi, oʼzaro oʼrtada aloqa bogʼlashlik 
uchunligi ochiq-oydin taʼkidlanmoqda. Insonlarning Аllohning nazdida eng hurmatligi taqvo 
sifatiga ega boʼlgani deyilmoqda. Islomda insonlarning millati va diniy eʼtiqodi qanday 
boʼlishidan qatʼiy nazar bir oila farzandlari deb qaraladi. Ularni diniy kamsitish, eʼtiqodlarini 
oʼzgartiirish, islom taʼlimotiga zid hisoblanadi. Аlloh taolo boshqa bir oʼrinda shunday 
marhamat qiladi: 
“Dinga majbur qilish yoʼq. Batahqiq, haq bilan botil ochiq-oydin boʼldi”. (Baqara surasi). 
Аqiyda va iymon masalasi qalbga tegishli masala boʼlib, uni xohlamagan kishiga 
majburlab singdirish, islomning asl gʼoyasiga ziddir. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
Islom dinini biror kishiga majburlab singdirmadilar. U zot sollallohu alayhi vasallamga oʼz 
xohish va istagi bilan ergashgan aksariyat qismi yoshlardan tashkil topgan sahobalar ham bu 
borada butun dunyoga misli koʼrilmagan ibratni koʼrsatdilar. Soʼzimiz quruq boʼlmasligi uchun 
misollar keltirishga oʼtamiz. 
Muhaddislar imomi, hamyurtimiz imom Buxoriy hazratlari va boshqa moʼʼtabar 
muhaddislar oʼzlarining hadis toʼplamlarida yahudiy diniga mansub bir ayol taom pishirib 
Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mehmonga chaqirganda, uning chaqirigʼini ijobat 
qilib borganliklari va u taomdan zaharlanganliklarini keltirishadi. Demak Paygʼambar sollallohu 
alayhi vasallam yahudiy mehmonga chaqirsa borardilar. 
Misr shohi Muqavqis Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamga hadya joʼnatdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadyani qabul qildilar. Vaholanki, u musulmon emas edi. 
Najron nasorolari guruhi Madinai Munavvaraga kelgan vaqtlarida Paygʼambarimiz sollallohu 
alayhi vasallam ularni oʼz masjidlariga tushirdilar va shu joyda ibodatlarini qilishga ruxsat 
berdilar.

Download 291.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling