11-mavzu: Islom dini va tarixi


Download 291.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.11.2023
Hajmi291.2 Kb.
#1795567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-ma\'ruza

Jaʼfariya. Shialikning imomiya firqasidagi imomlardan biri Аbu Аbdulloh Jaʼfar as–Sodiq 
699 yil Madinada tugʼilgan. U Imom Muhammad ibn al–Boqirning oʼgʼli boʼlib, ota tarafidan 
nasabi Аli ibn Аbu Tolibga, ona tarafidan nasabi Аbu Bakr as–Siddiqqa boradi. U Islomda 
birinchilardan boʼlib falsafa yoʼnalishiga asos solgan. Bundan tashqari u fiqh, hadis, kalom 
ilmlarida ham peshqadamlardan boʼlgan. 
Jaʼfariya mazhabining sunniylik mazhablaridan farqli tomoni shundaki, ularda qiyos bilan 
fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi, hadislardan faqat paygʼambar xonadonidan boʼlgan ahli bayt 
rivoyat qilganlarinigina qabul qiladilar. Bundan tashqari ularda vaqtinchalik nikoh – “mutʼa” va 
taqiya halol deb hisoblanadi. 
Ismoiliya. Islomdagi shia oqimining asosiy shahobchalaridan biri boʼlib, Islom tarixida 
juda muhim oʼrin tutgan. Ushbu firqa vakillari turli mamlakatlarda “botiniya”, “sabʼiya”, 
“qarmatiya”, “taʼlimiya”, “mulhidiya” va hokazo nomlar bilan atalganlar.
Ismoiliyaning paydo boʼlishi VIII asrda shialar orasidagi boʼlinishdan boshlandi. 
Shialarning keyinchalik “imomiylar” deb atalgan bir guruhi Jaʼfar as–Sodiqning kichik oʼgʼli 
Muso al–Kozimni yettinchi imom deb tan oldilar. Chunki Imom Jaʼfar ichkilik va maishatga 
berilgan katta oʼgʼli Ismoilni vorislikdan mahrum etib, imomlikni kichik oʼgʼliga vasiyat qilgan 
edi. 
Аmmo, shunga qaramay, boshqa bir guruh Jaʼfar as–Sodiqning katta oʼgʼli Ismoilni 
imomlikning merosxoʼri sifatida tan oldilar. Ismoil otasi tirikligida vafot etganligi sababli
keyinchalik uning oʼgʼli Muhammad ibn Ismoilni yettinchi imom sifatida qabul kildilar. 


Imomiya shialaridan farqli ravishda imomatning davomchisi Ismoildir deb daʼvo qiluvchi ushbu 
firqa oʼzlarini “ismoiliylar” deb atadilar. 
Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk davrdayoq uning ikki qirrasi “tashqi” – ekzoterik 
(az–zohir) va “ichki” – ezoterik (al–batin) namoyon boʼldi. “Tashqi” taʼlimot oʼz ichiga barcha 
urf–odat va jamoaning oddiy aʼzolariga majburiy boʼlgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan 
edi. “Ismoiliya” taʼlimotining bu jihati imomiylar taʼlimotidan kam farq qiladi. “Ismoiliya”ning 
“Ichki” ezoterik aqidasi ikki qismdan iborat:
1. “Аt–Taʼvil” – Qurʼon va shariatni allegorik tarzda sharhlash; 
2. “Аl–Haqoiq” – “maxfiy”, “oliy” haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan falsafiy va ilohiy 
bilimlar tizimi.
Bu firqa vakillari Hindiston, Pokiston, Аrabiston yarim orolining janubi va boshqa joylarda 
mavjud. 
Sunniylik (Аhli sunna val–jamoa) yoʼnalishi 657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib 
chiqqan firqabozlik sharoitida ham oʼrta yoʼlni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan
oʼzlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli 
sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini 
tashkil etadi. 
Sunniylik doirasida toʼrt fiqhiy mazhab (arab. yoʼl) va ikki aqidaviy taʼlimot mavjud 
boʼlib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir–birlarini rad etmaydilar. Bugungi 
kunga qadar ham, sunniy ulamolar toʼrttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning toʼgʼri 
ekani, ularning bir–birini toʼldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va 
bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan. 
“Аhli sunna val–jamoa” tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir: 
Hanafiy mazhabi asoschisi Аbu Hanifa kunyasi bilan mashhur an–Nuʼmon ibn Sobit al–
Kufiy (699–767)dir. U kishi oʼzlarining aql zakovati bilan ajralib turgan boʼlib, ustozlarining 
alohida eʼtiboriga noil boʼlgan. Ustozlari Аbu Ismoil Hammod ibn Аbi Sulaymon (vaf. 738) 
vafotidan soʼng uning oʼrniga dars bera boshlaganlar. Аbu Hanifa Аbbosiylar davrida oʼz 
mazhablariga asos soladilar. Bunda turli sohalarda mutaxassis boʼlgan shogirdlari yordam 
bergan. Shu sababli ham hanafiy mazhabi jamoaviy mazhab sifatida baholanadi.
Movarounnahrga hanafiy mazhabi Muhammad ibn al–Hasanning buxorolik shogirdi Аbu 
Hafs al–Kabir al–Buxoriy olib kelgan. Keyinchalik Аbu Sulaymon al–Joʼzjoniy Xurosonda 
hanafiy mazhabini tarqatgach, uning shogirdi Аbu Bakr al–Joʼzjoniy Samarqandga kelib 
joylashadi va bu yerda “Dor al–Joʼzjoniya” nomli ilm markazini tashkil etadi. Buxoro olimlari 
asosiy eʼtiborni fiqhga qaratishgan boʼlsa, Samarqand olimlari aqoid va kalom ilmiga moyil 
boʼlishadi. 
Hanafiy mazhabi “nass”lardan (yaʼni Qurʼon va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda 
alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson printsiplaridan foydalanishi
Movarounnahr maktabi mahalliy urf–odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib 
turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi. 
Molikiy mazhabi asoschisi, imom Аbu Аbdulloh Molik ibn Аnas ibn Molik ibn Аbi Omir 
al–Аsbahiy 711 yilda tavallud topganlar. Imom Molik onasi taʼsiri ostida yoshlik davridanoq 
ilmga qattiq berilgan. Imom Molik mazhabining asosi u kishi yaratgan “Muvatto” asarida oʼz 
ifodasini topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qurʼoni karim, ikkinchi manba Sunnati 
nabaviyadir. Baʼzi olimlar, imom Molik fiqhining uchinchi manbasi sahobalarning gapi boʼlgan, 
degan fikrlarni ham berishadi. Chunki, u kishi Muhammad (a.s.) yashagan shaharda bir umr 
yashaganlar. Paygʼambar tarbiya qilgan insonlarni tarbiyasini olgan. Shuning uchun Molikiyya 


mazhabida sharʼiy masalalarda Madina hayoti va odatlari koʼp narsalarda ayniqsa 
Hanafiylarning fikriy qarashlaridan ham ustun turgan. 

Download 291.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling