11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Fanning maqsadi va vazifalari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bо‗yicha talabalarning bilim, kо‗nikma va malakasiga qо‗yiladigan talablar
Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o‗qitishdan maqsadi – talabalarda zamonaviy ta`lim-tarbiya nazariysi va tarixi fanining nazariy-tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish, О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ talablari asosida ta‘lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanishga о‗rgatish. Fanning vazifasi – talabalarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida о‗quvchilarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash va ta‘limni samarali tashkil etishga о‗rgatish; – о‗quv-tarbiya jarayonini samarali boshqarish, о‗quv-me‘yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta‘lim olganlikni tashxis etish qonuniyat va tamoyillari bilan tanishtirish; – milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish kо‗nikma va malakalarini shakllantirish; – global doirada ta‘lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yо‗nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy о‗ziga xosliklardagi umumiy kо‗rinishlarni ochib berish, xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqlashtirish. Fan bо‗yicha talabalarning bilim, kо‗nikma va malakasiga qо‗yiladigan talablar ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ о‗quv fanini о‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari, ilmiy-nazariy asoslari; - ta`lim-tarbiya nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari; - o‗quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‗yilgan zamonaviy talablar; - ta‘lim oluvchi shaxsiga ta‘sir etuvchi omillar, uning shakllanish taraqqiyoti; - yagona o‗quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish; - tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; - ilg‗or pedagogik texnologiya asoslari; - ta`lim-tarbiya tarixining predmeti, maqsad va vazifalari; - ta`lim-tarbiya tarixining mazmuni; - Sharq mutafakkirlari va ma‘rifatparvar olimlarning ilmiy-ijodiy faoliyati, ularning asarlaridagi pedagogik qarashlar; - Yevropada maorif, maktab va pedagogik qarashlar; - pedagogik terminologiyalar haqida bilimga; - milliy g‗oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‗quv-tarbiya ishlarini o‗tkazishni; - ta‘limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‗llashni; - ta‘lim va tarbiya metodlari, vositalarini amaliyotda qo‗llash, aniq vaziyatlar uchun ularning qulay variantlarini tanlashni; - o‗quv va tarbiya jarayonida o‗quvchilar jamoasini samarali boshqarish, o‗quvchilar xulqi va faoliyatini rag‗batlantirishni; - pedagogik vaziyatlarni, ta‘lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o‗quvchilar va o‗quvchilar jamoalarini o‗rganish, ta‘limda orqada qolish sabablarini bilishni; - Sharq mutafakkirlari merosidagi umumiylikni ko‗ra olishni; - Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosini tahlil qila olishni; - Yevropa pedagogika an‘analarining o‗ziga xosliklarini ajrata olishni; - Yevropa pedagoglarining pedagogikaga oid asarlarini tahlil qilish Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling