11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Keys matnining oxirgi ko’rinishini shakllantirish
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni 1-bosqich
- KEYSLAR BANKI Keys N o 1
Keys matnining oxirgi ko’rinishini shakllantirish (bosqichlar bo’yicha
yo’riqnoma bilan birgalikda). Ushbu bosqichda a’robatsiya natijalari bo’yicha kiritilgan kamchiliklarni hisobga olib keysning tuzatilgan matni tayyorlanadi. Keys ustida tahsil oluvchilar bilan ishni tashkil etish uslubini yoritishga ham alohida ehtibor qaratiladi. Ushbu uslubiyot kelajakda pedagog bo’lmoqchilar uchun juda foydali bo’ladi 296 “Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari Ish bosqichlari Faoliyat shakli va mazmuni 1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish yakka tartibdagi audio-vizual ish; keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); axborotni umumlashtirish; axborot tahlili; muammolarni aniqlash 2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o’quv topshiriqni belgilash individual va guruhda ishlash; muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash; asosiy muammoli vaziyatni belgilash 3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o’quv topshiriqining yechimini izlash, hal etish yo’llarini ishlab chiqish individual va guruhda ishlash; muqobil yechim yo’llarini ishlab chiqish; har bir yechimning imkoniyatlari va to’siqlarni tahlil qilish; muqobil yechimlarni tanlash 4-bosqich: Keys yechimini shakllan- tirish va asoslash, taqdimot. yakka va guruhda ishlash; muqobil variantlarni amalda qo’llash imkoniyatlarini asoslash; ijodiy-loyiha taqdimotini tay yorlash; yakuniy xulosa va vaziyat yechimining amaliy ob’ektlarini yoritish KEYSLAR BANKI Keys N o 1 To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiy ëki sun’iy materiallar bo’lib bog‘lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton xosil qiluvchi materialdir. Narhi beton va temir-beton konstruktsiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, ularni mehërida ishlab chikarish va ishlatish katta axamiyatga ega. To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (Shlаklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, tsement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 297 beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. Betonning asosiy faol qismi bu tsement. Bog‘lovchi materiallar suv va to‘ldiruvchi bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashib va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga aylanish xususiyati ega. Beton to‘ldiruvchilari quyidagi vazifalarni o‘taydi: 1. To’ldiruvchilar betonning 85-90% gacha hajmini tashkil qiladi, tsement va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi. 2. TSement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning cho’kishi-2 mm/m ga yetadi. CHo’kish deformatsiyalarining noteks bo’lishi ichki zo’riqishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko’zga ko’rinmaydi, lekin ular tsement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To’ldiruvchi betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho’kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, tsement toshiga nisbatan). 3. Yuqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan iborat qattiq karkas mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yag’ni konstruktsiyaning yuk tahsiridagi deformatsiyasini kamaytiradi). 4. Yengil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va uni issiqlik o’tkazuvchanligini kammaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruktsiyalar va issiqlik izolyatsiyalari uchun ishlatiladi. 5. Aloxida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi saqlaydi (atom elektrostantsiyalarda). Yuqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to’ldiruvchilarni ishlatish joylarini belgilaydi, qaysiki bular beton uchun juda axamiyatga ega, ular uning xususiyatlariga va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Respublikamizda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi ishlab chiqarish quyidagi asosiy manbaalarni bilish bilan belgilanadi: 1) To‘ldiruvchilarni kelib chiqishi bo’yicha guruxlarga bo’lish; 2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilarni turlarga bo’lish; 3) Zarrachalar shakli bo’yicha to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish; 4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi bo‘yicha turlarga bo‘lish; 5)Uyilgan zichligi bo‘yicha to‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish;. 6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha betonlarni sinflash. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling