11. Menejment asoslari


Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi


Download 61.83 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1513813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11 мавзу (2)

Sanatsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar hisobidan to‘lash;

  • qarzni to‘lash muddatini kechiqtirish;

  • qarz uchun berilgan foizni kamaytirish yoki umuman foiz olmaslik;

  • korxonaga soliqdan engillik berish;

  • soliqni kreditga aylantirish;

  • korxonaga bo’yurtma berib, uning haqini oldindan to‘lash;

  • subsidiya ajratish;

  • korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.

Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.

  • korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak;

  • korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.

Transfert to‘lovlar –bu o‘tkazma to‘lovlar, davlat byudjeti fondlarini qayta taqsimlash shakillaridan biri.
Bu to‘lovlar:

  • xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;

  • davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari;

  • ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan transfert to‘lovlar kam ta`minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagit kishilarga hamda ishsizlarga nafaqa to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi.
Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo‘li bilan kishilarning fe`l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Sotsial-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan usullardir. Boshqarish usullarining bu guruhi jamoaning shakillanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma`naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan xolda ta`sir qiluvchi fondlar majmuidir.
Sotsial-ruhiy metodlardan samarali foydalanish uchun boshqarish ob`ektining holati to‘g‘risida keng axborotga ega bo‘lish kerak.
Sotsial tadqiqotlar xilma-xil axborotlar olish imkonini beradi:

  • jamoa a`zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;

  • boshqarish usullarining bir-biri bilan o‘zaro munosabati;

  • jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari;

  • xodimlar shaxsiyati;

  • xodimlar qo‘nimsizligi sabablari;

  • xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;

  • jamoa a`zolarining ma`naviy va jismoniy ravnaqi;

  • ehtiyojlarning qondirilish darajasi vah.k.


Xulosa
Menejment — bu tashkilot resurslaridan foydalanib ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish). Ne'matlarni olib mahsulot tayyorlash mahsulotni uzatish— tashkilot ne'matlarini jalb etish bilan bog‘liq. Menejmentning ko‘lami juda keng. Ishlab chiqarish usuliga, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarning darajasiga, ishlab chiqarish kuchining pog‘onasiga qarab menejmentning mohiyati o‘zgaradi, murakkablashadi va, aksincha, mustaqil fan bo‘lib ajraladi. Menejmentning ob'ekti- korxona, undagi odamlar, ularning vazifalari va boshqarish tizimidir. Menejmentning usuli — uning predmetlaridagi xususiyatlari bilan bog‘liqligi. Chunki ob'ektlarni sotish uchun tanlov mezonlarini bilish va ulardan foydalanish usullarini ishlata bilish zarur. Menejmentning asosiy vazifalari quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanishi mumkin: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish (texnologik faoliyat); tijorat faoliyati (xarid qilish, sotish va almashtirish); moliyaviy faoliyat (sarmoyani izlash va oqilona foydalanish); xavfsizlik faoliyati (aholi mulkini muhofaza qilish); ekkaunting (tahlil qilish, hisobga olish, statistika); boshqarish faoliyati (rejalashtirish, marketing, tashkil etish vazifasi, taqsimlash, muvofiqlashtirish va nazorat). Bu vazifalarni amalga oshirishda menejmentning tamoyillari, nazariyasi, andozalar, ma'lumotlarga ishlov berish, boshqarish qonunlaridan foydalana bilish kerak. Shu bilan birga unutmaslik lozimki, korxona iqgisodiy sharoitlar, iste'molchilar, davlat shartnomalari, qonunchilik, raqobatchilik, jamiyatdagi qadriyat va ma'naviyat tizimlari, jamoa qarashlari, texnika va texnologiya va shunga o‘xshashlar ta'sirida faoliyat ko‘rsatadi. Ular esa, korxona faoliyatiga bilfond, ayrim hollarda esa bevosita ta'sir etadi. Menejment korxonaning barcha faoliyatiga ta'sir etsa ham uning ta'sir ko‘rsatish chegarasini aniqlash mumkin. Korxonaning boshqarish maqsadiga erishishi uchun resurslardan foydalanadi. Resurs va maqsadlar orasidagi jarayonlar korxonani boshqarish jarayoniga kiradi. Menejment asoslari esa uning to‘la ilmiyligi, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa xolis qonunlarga suyanishidir.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling