11. Menejment asoslari
Download 61.83 Kb.
|
11 мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashtirish qonuni
- Integratsiya qonuni
- Demokratizasiyalash qonuni.
Menejmentning qonunlari
Ixtisoslashtirish qonuni Integratsiya qonuni markazlashtirish qonuni demokratizasiyalash qonuni vaqt qonuni (vqtni itisod qilish qonuni) 11.1-rasm. Menejmentning qonunlari Ixtisoslashtirish qonuningining moiyati shundaki, korhonani boshqrish ma’lum miqdordagi boshqaruvchilar, rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular o'z faoliyatlarlari jarayonini mehnat taqsimoti asosida o'ziga xos quyidagi funksiyalar bo'yicha (rezhalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, faollashtirish, nazorat) amalga oshiradi. Integratsiya qonuni – bu ob'ektiv qonun bo‘lib, menejment barcha boshqaruvchi xodimlar faoliyatini integratsiyasi asosida amalga oshirishni ko‘rsatadi. Bunday ehtiyoj ishlab chiqarish va boshqarishga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi va amalga oshiriladi. Markazlashtirish qonuni. Bu qonun markazdan va quyidan boshqarishning optimal (eng qulay) variantini topishni talab etadi. Bu qonun bir tomondan markazdan, ya'ni yuqoridan pastga, ikkinchi tomondan pastdan yuqoriga boshqarish jarayonini o‘zida aks ettiradi. Menejmentning ob'ektiv tizimi markazlashtirilgan shaklda bo‘ladi. Korxonani boshqarishda, muhim qarorlar qabul qilishda vakillikning aksariyat qismini o‘z zimmasiga oladigan boshqaruv tizimi markazlashgan boshqaruv deb ataladi. Demokratizasiyalash qonuni. Boshqarish samaradorligi odamlar manfaatiga mos tushadigan bo‘lganda samaradorligi ta'minlanishi mumkin. Manfaatdor har bir shaxs, boshqaruv xodimi mehnat jamoasi uchun xos bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Bu esa menejment jarayonini nafaqat malakali, qolaversa demokratik bo‘lganda ta'minlanadi. Bu qonun mohiyatiga ko‘ra jamoada odamlarning birbiriga bo‘lgan o‘zaro munosabatini aks ettiradi, ya'ni rahbar va buysunuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aks ettiradi. Vaqt qonuni (vaqtni iqtisod qilish qonuni)- bu bozor iqtisodiyotining muhim qonunidir. Vaqt iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uning qadr - qimmati korxona faoliyatining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan ishlab chiqarish tezligi, aylanma kapital aylanmasi, mehnat unumdorligi, mehnat qurollaridan foydalanish xarajatlari (amortizasiya, soliq) va boshqalar. Tamoyil - bu faoliyat yuritishning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Menejment tamoyillari deganda, iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, yo‘l-yo‘riq, xulq me'yorlari tushuniladi. Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar: tizimli yondashuv; kompleks yondashuv; tarkibiy yondashuv; integratsion yondashuv; modellashtirish; iqtisodiy-matematik yondashuv; kuzatish; eksperement; sotsiologik kuzatuv. Uslub, garchi u ham ta'sir o’tkazishi usullari majmuasidan iborat bo’lsada, usuldan farq qiladi, u yoki bu rahbarning sub'ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsada, lekin musiqachilarning ijro etish uslublari xar hildir. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling