11. Menejment asoslari


Download 61.83 Kb.
bet6/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1513813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 мавзу (2)

Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish - biznes va strategik rejani tuzish - iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘nalishlari, sur'atlari va nisbatlarini, belgilashni ifodalaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlarni istiqbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni qabul qilish asosida amalga oshiriladi.
Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo‘ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o‘zi to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini, jumladan, rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, yo‘qotish, zarar va boshqalarni amalga oshirib borishi lozim.
Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga qat'iy talablar qo‘yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi.
Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o‘z faoliyati uchun javobgar bo‘lishi, bunda ma'lum tavakkalchilik ham hisobga olinishi, ya'ni tadbirkorning o‘z huquq va majburiyatlari bo‘lishi kerak.
Funktsiya – bu lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
Menejment funksiyalarining mazmuni va mohiyati. Har qanday menejment funksiyasi boshqaruv xodimlarining o‘ziga xos faoliyati turidir, mehnatni kasbiy taqsimoti, boshqaruv sohasidagi ixtisoslanish natijasidir. Ushbu faoliyatni o‘ziga xosligi shundaki, har bir funksiya berilgan maqsadni bajarilishiga yo‘naltirilgan. Funksiya lotincha «function» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bajo keltirish, bajarish, amalga oshirish ma'nosini bildiradi. Xorijiy so‘zlar lug‘atida funksiyani «faoliyat darajasi», majburiyat, maqsad va rol' deb ifodalanadi. Menejment funksiyalariga bir qator muttafakirlar o‘zlarini nazariy qarashlari bilan asos solganlar. F.Teylorning fikricha har bir xizmatchi eng yuqori lavozimdan eng past lavozimgacha imkoni boricha oz sonli vazifa bajarishi kerak
Menejment jarayoni eng avval uning oliy maqsadini aniqlashdan va shu bilan birga uni amalga oshirishni zaruriy harakatlar dasturini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Ma'lumki, rejalashtirish menejmentning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Rejalashtirish eng avvalo kelajakni belgilash uning samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini tanlashdir. qarorlarning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta'minlashdan iboratdir. hozirgi vaqtda rejalashtirishning muhim yo‘nalishi kelajakni bashorat qilishdir. Kelajakni bashorat qilish iqtisodiy matematik usullar ѐrdamida matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Menejmentning tashkil etish funksiyasi qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika baza yaratish, boshqaruv apparatining maqsadga muvofiq tashkiliy tarkibini aniqlash, zarur me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish, yangi andozalar, boshqaruv bo‘linmalari haqidagi qoidalar, funksiyaviy yo‘riqnomalar tayyorlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Tashkil etish funksiyasi korxonada bo‘limlar faoliyatining tarkibiy – tashkiliy bog‘lanishiga belgilangan rejalarni ma'lum tartib o‘rnatib bajarilishini ta'minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, korxonada barcha jarayonlarni birligini ta'minlab, yagona maqsadga birlashtiradi.
Menejmentning muvofiqlashtirish funksiyasi belgilangan dasturni ѐki maqsadga muvofiq rejani amalga oshishini, ishlab chiqarish jarayonlarining bir me’yorda borishini ta'minlaydi va o‘rnatilgan me'yordan og‘ishini bartafar etadi. Bu korxonada zaruriy tartiblili va barqarorlik holatini o‘rnatadi. Ishlab chiqarishni taraqqiy etishi bilan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar orasidagi aloqalar doimo har bir me'yorda davom etmaydi. Bo‘limlarning funksiyaviy majburiyatlari to‘liq bajarilmasliklari o‘zaro aloqalarda uzilishlar, jarayonlarda og‘ishlar vujudga keladi. Bu masalalar muvofiqlashtirish funksiyasi orqali yechiladi.
Menejmentning rag‘batlantirish funksiyasi-bu inson omilini faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g‘amxo‘rlik qilishni boshqarishdir. Rag‘batlantirish insonni faoliyatga yo‘naltiruvchi, uni muayyan maqsadlarga erishish uchun harakatga chorlovchi kuchdir. Rahbar tomonidan xodimlarni o‘z vaqtida rag‘batlantib borish, ularni samarali boshqarishning asosi hisoblanadi. Boshqarishning samaradorligi rag‘batlantirish tizimining qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligiga bog‘liqdir.
Menejmentning nazorat qilish funksiyasi amalda belgilangan topshiriqlarning bajarilishini, ishlab chiqarishning bir me'yorda davom etishini kuzatish, uzilish holatlarini, o‘rnatilgan talablardan og‘ish sabablarini aniqlash, bartaraf etish, ularni oldindan bilish va ogohlantirish, ishlab chiqarishning barqarorligini ta'minlaydi. O‘zining mohiyatiga ko‘ra nazorat funksiyasi universal hisoblanadi, chunki, korxonaning funksiyasi barcha bug‘inlari va bo‘linmalariga (texnologik jaraѐnlarning nazorati, texnik hujjatlar holatini nazorat qilish, bo‘lim va bo‘linmalar holatini nazorat qilish, mahsulot sifatini nazorat qilish va hokazo) kirib boradi va boshqarishni boshqa funksiyalari bilan yaqin bog‘langan bo‘ladi. Shunday qilib, menejmentning nazorat funksiyasi korxona faoliyatining haqiqiy holatini o‘rnatilgan talablardan og‘ishdan doim xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling