O`quv yili oxirida takrorlash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Madaniy nutq, to`g`rilik, aniqlik, soflik, mantiqiylik, ifodalilik, jo`yalilik,so’z ma’nosi.
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:o`quv yili davomida o`rganilgan barcha mavzularni takrorlash va mustahkamlash.
Tarbiyaviy:yosh avlod qalbida vatanparvarlik,insonparvarlik,ota-onaga hurmat, ona tuproqqa muhabbat tuyg`ularini singdirish, ularni ruhan pok, vijdonan uyg`oq, irodali bo`lishiga erishish, yot g`oyalardan asrash,ularda komil inson xususiyatlarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchining nutq madaniyatini, tafakkurini o`stirish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Tur:o`tilgan mavzular asosida takrorlash va mustahkamlash .
Usul: jamoa va guruhlarda ishlash,”Blits-so`rov”.
Jihoz: Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning boyligiga, sofligiga erishish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |