11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.01 Mb.
bet56/111
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1484015
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111
Bog'liq
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Kun yangiliklari haqida suhbat.


II. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Uy vazifasi nazorati o`tkaziladi.


Aqliy hujum: KINOYA deganda nimani tushunasiz?
Savol yuzasidan o`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.


III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu bayoni darslikdagi topshiriq asosida tushuntiriladi.
1-topshiriq. Gaplarni o ‘qing va shevaga oid birliklarning nima maqsaddaqo‘llanganligini izohlashga harakat qiling.
1. Juringlar! Qaytishda cho‘milamiz! — dedi Oqboy. (Sh. Xolmirzayev)2. Shuytib kepqolganman-da men bu yoqlarga, bolam. (Erkin A ’zam)3. Mana, Salomxon aytvotti, xijolat bo‘ladigan hech gap o ‘tmabdi-ku.(Murod Mansur) 4. Sharif akamgila xat berib yubordila, — dedi. (TohirMalik)


2-topshiriq. Parchada tagiga chizilgan so‘zlarning qanday badiiy maqsadgaxizmat qilayotganini tushuntiring.
Muxbir: — Xo‘sh, xo‘sh, endi tak... kechirasiz, kelinlaringiz orasidamayin kuladigani bormi?
Farmon: — Ha, bor. Mana, Sotti juda mayin, juda chiroyli kuladi.(Said Ahmad)
O‘g‘ilginamni yaxshi bilasan, qo‘ydek yuvosh bola. Kelinim, yashamagur,
uni ham rasvo qildi. Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip o‘tkaziboldi bu dog‘uli. (Said Ahmad)

Badiiy nutqda nutqning sofligi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.Badiiy nutqda qahramonningmuayyan hududga mansubliginita’kidlash maqsadi bilan shevaga oid so‘z, ibora, grammatik shakllar,personajlarning milliy mansubligi, madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u berish uchun o‘zbek tiliga kirib o‘zlashmagan chet so‘z vaso‘z birikmalari, qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasinibo‘rttirib ifodalash niyatida dag‘al va haqorat so‘z-iboralar, shaxsninghissiy holati, nutqiy malakasining yetarli emasligini ko‘rsatish uchunhaligi, masalan, innaykeyin, уa’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi,men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi o‘z ma’nosidanbegona qilingan, ya’ni ishlamaydigan so‘z va iboralar ishlatilishimumkin.Ta’kidlash joizki, rasmiy-idoraviy qoliplashgan so‘z va iboralarrasmiy uslubdagina qo‘llanadi, ularni boshqa uslublarga olib kirishmaqsadga muvofiq emas. Hatto badiiy asarda ham ularning maqsadsizishlatilishi o‘rinli bo'lmaydi. Ammo personajning madaniy, ma’naviysaviyasini kinoyaviy ta’kidlash maqsadida, ya’ni estetikmaqsad bilan rasmiy-idoraviy qoliplashgan iboralarning badiiy matndaqo‘llanishi kuzatiladi.


56-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko'rsatilgan so‘zlarning qandaybadiiy maqsadda qo‘llanganini izohlang.
1. Mingboshi erkin-erkin kuldi: — Tavba de, betavfiq! Astag‘furullo, de!— Miryoqub ≪astag‘furullo≫ o ‘rniga uyat bir so‘z aytdi. Mingboshi beshbattar yoyilib kuldi. — A battol-ey! О battol-ey! - dedi u. (Cho‘lpon)2. Tuf de, ko‘zing tegadi, kasofat! Shu so'zingni menga aytsang, tishingnisug`urib olardim. (Oybek) 3. Bu yerda ish yomonmi? Raisninggapini eshitding-ku, yer yutkur! ( O‘. Umarbekov) 4. Hazarni biladimi bugo‘rso‘xta. Hukumatni qo‘liga tushsa, otuv berardi. (Murod Mansur) 5.Endi Qizilsoyga yaqin borsang, o'ldiraman, juvonmarg! (Erkin A ’zam)
Mashq guruhlarda og`zaki bajariladi.


57-mashq. Atoqli adib Abdulla Qahhor qalamiga mansub quyidagimatnni o‘qing va unda nutqning qaysi sifatiga bee’tiborlikhaqida gap ketayotganini aniqlang.
Mashq guruhlarda yozma bajariladi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling