12-ma’ruza. Urug’lanish. Implantatsiya. Maydalanish. Reja
Mono va polispermiya hodisalari
Download 74.5 Kb.
|
12-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy hiijayraiarning ozaro tasiri
- Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi.
Mono va polispermiya hodisalari. Tuxum hujayraning urug'lanishi uchun bitta spermatozoid kerak bo'ladi. Urug'lanishdan keyin ikkala jinsiy hujayralarning yadrolari qo'shiladi va bitta organizm taraqqiy eta boshlaydi. Bu hodisa monospermiya deb ataladi. Ammo 1890 yilda S. Ryukkart kaptaming bitta tuxum hujayrasiga 15-25 tagacha spermatozoid kirganUgini aniqlagan. Bu hodisa polispermiya deyiladi. Agar tuxum hujayraga ortiqcha spermatozoid kirsa, rivojlanish buziladi. Boshqa spermatozoidlarning sentriolasi maydalanish markazini belgilaydi va birdaniga bir necha blastomerlar hosil bo'lib embrion yashovchanligini buzadi. A. S. Ginzburg (1963) ma'lumotiga ko'ra, tuxum bitta spermatozoid bilan urug'langandan keyin "to'siq" hosii bo'ladi va "urug'lanish qobig'i" shakllanadi.
Ammo ba'zi hayvonlarda polispermiya qonuniyat holatida uchraydi. Masalan, hasharotlar, o'rgimchaksimonlar, qorinoyoqli mollyuskalar, akulasimonlar, xirnerasimon baliqlar, dumli amfibiyalar, repteliyalar, qushlarda bitta tuxum hujayra bir nechta spermatozoid bilan urug'lanadi. Jinsiy hiijayraiarning o'zaro ta'siri I.I.Sokolovskaya (1947) quyonlar kam (1000 ta) yoki ko'p (100.000 ta) spermatozoid ishlab chiqarsa, urg'lanish sodir bo'lmasligini kuzatgan. Umuman, urug'lanishda ishtirok etadigan moddalarni 3 guruhga bo'lish mumkin: Gamonlar - spermatozoid harakatchariiigini oshiruvchi moddalar; ular har bir turda o'ziga xos bo'ladi. Glikoproteinlar - jinsiy hujayralar aloqasini o'rnatuvchi moddalar. 3. Lizinlar - tuxum po'stini erituvchi moddalar. Spermatozoidning tuxum ichiga kirishi. Tuxum hujayraning ustki qismi po'st bilan qoplangan. Tuxum hujayraga spermatozoid qanday kiradi? Spermatozoid ko'pchilik tuxumlaming ichiga mikropile teshilcchasi orqali kiradi. Bu teshik orqali tuxum yetilishi davrida oziq moddalar kiradi. Ammo spermatozoid ana shu "to'siq" orqali ichkariga kirishi lozim. Elektron mikroskop orqali ko'pchilik hayvonlar spermatozoidida akrosoma reaksiyasi sodir bo'lishi aniqlangan. Bungacha spermatozoid boshi yordamida mexanik ravishda tuxumni teshib ichiga kiradi, deb hisoblanardi. Ammo bu hodisa mexanizmi ancha murakkabdir. Akrosomaning po'sti, xaltasi, apikal xaltasi farqlanadi. Akrosoma hosil bo'lishida golji apparati muhim ahamiyatga ega. Spermatozoid tuxum bilan duch kelganda akrosoma po'sti yoriladi vaingichkaakrosomaipini otadi.Uning uzunligi dengiz tipratikanida 1 mkm, dengiz yulduzlarida 25, osyotr balig'ida 5-8 mkm. Tuxumning yaqinlashishi bilan akrosoma tuxum po'stini va uning yaqinligini sezadi. Bu sezuvchi apparat granulali qalin qavatdirAkrosomaipi tuxum po'sti vasariqlik qobig'i orqali ichkariga kiradi. Natijada urug'lanish konusi hosil bo'ladi. Spermatozoid boshi mikropile teshigigakirishi bilan akrosomaipi yo'qoladi. Spermatozoidning dumi uzulib, tashqarida qoladi. O'zi ichkariga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Qo'shilish oldidan tuxum ikki xil faollashadi: 1. Impulsli faollashuv. Bunda spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sezib faollashadi. 2. Kortikal faollashuv. Bunda tuxum po'stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikropile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan bo'ladi. Akrosomaning gialuronidaza fermenti uni eritib, spermatozoidga yo'l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi, zigota hosil bo'ladi. Urug'lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum hujayra keyingi jarayonlar uchun faollashadi. Urag'lanishdan keyin jinsiy hujayralar yadrosining qo'shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig aniqlagan. Download 74.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling