12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja
Jinoyat protsess prinsiplari tizimi — bu jinoyat protsegsining o‘zara uaviy bog‘liq tizimi elementlari sifatida namoyon bo‘luvehi asosiy huquqiy asoslarini majmuidir
Download 35.4 Kb.
|
5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- JINOYAT PROTSESSINING ISHTIROKCHILARI
Jinoyat protsess prinsiplari tizimi — bu jinoyat protsegsining o‘zara uaviy bog‘liq tizimi elementlari sifatida namoyon bo‘luvehi asosiy huquqiy asoslarini majmuidir.
Prinsiplar tizimi gonuniylikni bir xilda tushunish va jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan barcha davlat organlari, mansabdor shaxslari tomonidan Jinoyatprotsessual kodeksi hugquqiy ko‘rsatmalarini amaliyotda bir xilda go‘llashlarini ta’minlaydi, jinoyat protsessi to‘g'risidagi qonun normalarining rivojlanishi va takomillashtirilishida uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Jinoyat protsessi prinsiplari mazmuni, tartibga solish manbalari va harakat doirasiga garab bir-biridan farqlanadi. Jinoyat protsessi prinsiplarining ayrimlari jinoyat ishlarini yuritishning barcha bosgichlarida amal gqilsa, ayrimlari esa uning ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Qonuniylik, shaxsning sha’ni va gadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huguq va erkinliklarining muhofaza qilish, aybsizlik prezumpsiyasi kabi prinsiplar jinoyat ishlarining yuritishning barcha bosqichlarida amal qiladi. Sudda jinoyat ishlarini oshkora ko‘rilishi va sudda ishlarni yuritishda tortishuv kabi prinsiplar jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ish yuritish bosqichidagina amal qiladi. Ayrim prinsiplar jinoyat protsessining ma’lum bosgqichlarida to‘liq amal qilsa, boshgalari qisman amal qiladi. Bunday prinsiplarga misol qilib jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtiroki; dalillarni bevosita va og‘zaqi usulda tekshirish prinsiplarini ko‘rsatish mumkin. JINOYAT PROTSESSINING ISHTIROKCHILARI Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va ularning tasniflanishi Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya’ni o‘z faoliyat yo‘nalishini ifoda etuvchi xizmat burchini o‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza gilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Jinoyat protsessi ishtirokchilari deb, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda qonun bilan belgilangan tartibda muayyan bir funksiyani bajarishga yo‘naltirilgan va qonun bilan tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarga aytiladi. Amaldagi jinoyat protsessual gonunchilikka ko‘ra jinoyat sudlov ishlarini yuritish ishtirokchilarini quyidagicha tasniflanadi. 1. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar: aj sud (28-modda); b) prokuror (33-modda); v) tergovchi (35-modda); g) tergov boshgarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘i va uning o‘rinbosari (37-modda); d) surishtiruv organlari (38-modda); 2. Jinoyat protsessida o'z moddiy, ma’naviy va shaxsiy manfaatlarini himoya giladigan fshtirokchilar: a) ayblanuvchi (45-modda); b) gumon qilinuvchi (46-modda); v) jabrlanuvchi (54-modda); g) fuqaroviy da’vogar (56-modda), d) fuqaroviy javobgar (58-modda); 3. O‘zgalar manfaatini himoya giladigan ishtirokchilar: a) himoyachi (49modda); b) guvoh advokati (66-1 -modda); v) gonuniy vakil (60-modda); g) vakillar (62-modda). 4. Jamoatchilik nomidan ishtirok etuvchi: a) jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari (40-41-moddalar); b) jamoat ayblovchilari (43-modda); v) jamoat himoyachilari (44-modda). 5. Jinoyat sudlov ishlarini samaradorligini oshirishga yordam beruvchi ishtirokchilar: a) guvoh (65-modda); b) ekspert (67-modda); v) tarjimon (71-modda); g) xolis (73-modda); d) mutaxassis (69-modda); ye) sud kotibi (32modda). Download 35.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling