12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja
Download 35.4 Kb.
|
5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
- Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasi.
12-mavzu. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI. Reja: Jinoyat-protsessual huqudi tushunchasi va ahamiyati. Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari Jinoyat protsessi prinsiplari, tushunchasi va tizimi Jinoyat protsessining ishtirokchilari Adabiyotlar ro’yxati: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksi T.: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksiga sharhlar. T..: TDYI 2009, - 950 b Jinoyat protsessi (Umumiy gism): TDYI 2008-509 b Jinoyat protsessi (Maxsus gism): TDYI 2008-359 b Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati “Protsess” so‘zi lotincha “procedere” — olg‘a siljish; “processus” — harakat, rivojlanayotgan, ishlab chigarish ma’nolarini anglatadi. Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga zaruriyat jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi. Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir bo‘lish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va adolatli jazoga tottish davlatning vazifalariga kiradi. O’zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustagqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko’rsatishi ta’qiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasi. Jinoyat ishlarining aksariyati (O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan jabrlanuvchining arizasiga — ko‘ra qo'zg‘atiladigan Jinoyat ishlari bundan mustasno) alohida shaxslarning xohishidan qat’I nazar qo’zg’atiladi. Jinoyat-protsessual huqudi jinoyat protsessining maqsadi va prinsiplarini, ularni jinoyat-protsessual faoliyatning barcha subyektlariga nisbatan amalga Oshirish huquqi va kafolatlarini ifodalaydi, jinoyat ishlari yurituvi bosqichlari tizimini, ularning har birida protsessual harakatlarni o‘tkazish tartibini, ish bo‘yicha qaror gabul gilish asoslari va tartibini o‘rnatadi. Jinoyat protsessual huquqi — jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasini o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga soluvchi tartib qoida va normalarning qonunda mustahkamlangan tizimini, ya’ni jinoyat ishi yurituvi vazifalari amalga oshiriladigan zarur huquqjiy tartib-taomillarni ifodalaydi. Jinoyat-protsessual huquqining ahamiyati va Zzaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, huquqni muhofaza gilish organlarining qonunda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, ko‘rib chigish va hal qgilish bo‘yicha faoliyatini tartibga solish orqali shaxs, jamiyat, davlatni jinoiy tajovuzlardan muhofaza giluvchi jinoyathuqugiy normalar qo‘llanilishini ta’minlaydi; Ikkinchidan, majburlov choralarini qo‘llash shartlari, asoslari va turlarini belgilaydi; Uchinchidan, shaxs huquqlari kafolatlarini o‘rnatadi, xususan, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar sir saqlanishi, adolatli va xolis odil sudlovga bo‘lgan huguqi va boshqa huqualarini ta’minlaydi; To‘rtinchidan, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, xususiy mulki va shaxsiy erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan sud tartibida himoyalanish tartibini belgilaydi; Beshinchidan, ma’naviy, Jismoniy va mulkiy zarar ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qiladi; Oltinchidan, aybsiz kishini javobgarlik va jazoga tortilishining oldini olishga, basharti u nogonuniy javobgarlikka jalb qilingan bo‘lsa, tegishli qarorni bekor qilish va asossiz ayblangan shaxsni reabilitatsiya qilishga qaratilgan faoliyat tartibi va shartlarini belgilaydi; Yettinchidan, huquqiy tartib-taomillar va qoidalarga rioya etilishini ta’minlovchi huquqni tiklovchi va boshga sanksiyalarni ko‘zda tutadi. Jinoyat protsessi qonun bilan tartibga solingan surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi boshqa ishtirokchilarining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruy, dastlabki tergov, sud muhokamasi, sudning garor, ajrim va hukmini qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan faoliyati bo’lib, u jabrlanuvchining jinoiy ta’qib etilayotgan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonuni normalarini munosib qo’llashini ta’minlashga qaratilgan. Jinoyat-protsessual huquqining maxsus qismida jinoyat protsessining alohida bosqichlari va ularni amalga oshirish tartibi belgilangan bo‘lib, shuningdek protsessual harakatlarni o‘tkazish qoidalari tartibga solingan. Umuman olganda, maxsus gismning o‘zini shartli ravishda turdosh huqugiy munosabatlarni tartibga soluvchi to'rt mustaqil institutlarga ajratish mumkin: sudga qadar ish yuritish; sudda ish yuritish; alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik. Shuningdek, jinoyat-protsessual huqugini huquq sohasi, fan va o‘quv kursi sifatida tushunish mumkin. Huquq sohasi sifatida jinoyat-protsessual huquqi = bu surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining Jjinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal gilish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huqug sohasidir. Fan sifatida Jinoyat-protsessual huquqi — bu jinoyat ishlari yurituvining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va tabiatini ochib beruvchi garashlar, tasavvurlar, g‘oyalar va konsepsiyalar tizimidan iborat. Jinoyat protsessi fani tegishli qonunchilikni, uni go‘llash amaliyotini, ushbu baza asosida shakilangan doktrinani, tarixiy tajribani va ushbu sohadagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi. Download 35.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling