12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja
Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi
Download 35.4 Kb.
|
5 (1)
Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi
Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi. Ma'no jihatidan prinsiplar — bu rahbariy g‘oyalar va tegishli faoliyatning asosiy qoidalaridir. “Prinsip” so‘zi lotincha “principium” so‘zidan kelib chigib, uning ma'nosi “asos”, “asosiy omil” kabi tushunchalarni anglatadi. Huqugq aslida hamma uchun majburiy bo‘lgan adolat talablarini belgilashi sababli, huquqiy prinsiplar huquqda adolatning o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Qonun huquq prinsiplariga javob bergan holdagina qonuniy, ya’ni huqugqiy mazmunga ega bo‘lgan deb e’tirof etiladi. Oz navbatida, prinsiplar oddiy yuridik g‘oyalar bo‘lmaganligi hamda adolat va lozimlikning hamma uchun majburiy va obyektiv jihatdan zarur bo‘lgan mezonlarini huquqda belgilashi ularning asosiy mazmunini tashkil etadi. Huquq va huquqiy ong rivojlangan sari huquqiy materiyadan muayyan yuridik g‘oyalar sifatida prinsiplar ajratiladi, yuridik texnika rivojlanishi bilan esa ular qonunda ayrim normativ-huquqiy ko‘rsatmalar sifatida mustahkamlanishi mumkin. Qonunda oz ifodasini topib, prinsiplar muayyan mustaqillikka erishadi va amaldagi gonunchilikning o‘zgarishi jarayonida barometr sifatidag huquqning keyingi shakllanishida esa kompas sifatida xizmat qiladi. Barcha prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular odil sudlov magsadlariga erishish uchun teng muhim bo‘lgan huquqty asoslarning yaxlit majmuini yaratadilar. Ularning har biri sud ishlarini yuritishning muayyan tomonini belgilaydi, ushbu tomon yo‘gligida sud ishlarini yuritishning vazifalarini to‘g‘ri amalga oshirishga imkon bo'lmaydi. Jinoyat protsessi prinsiplari - bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutslyast va Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlangan, jinoyat ishlarini yuritishning eng muhim xususiyatlari, xarakteri va mazmun-mohiyatini belgilovchi hamda jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish va hal gilish bilan bog‘liq jinoyat-protsessual faoliyatida jinoyat-protsessual munosabatlari sohasiga jalb etilgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda ta'minlashga va jinoyat protsessi maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy qoidalardir. Prinsiplar yaxlit tizim doirasida amal qilib, bu tizimda har bir prinsipning mohiyati nafaqat uning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi, balki butun tizimning ishlab turishi bilan aloqador bo‘lib turadi. Tizimda ayrim prinsip buzilishi, qoida tariqasida, boshga prinsiplar va shu bilan birga, ish bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylik buzilishiga olib keladi. Prinsiplar umumiy tusdagi normalar bo‘lib, amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar hal gqilinishini ta’minlaydi. Protsessual huquqning ayrim normalari o‘rtasida muammolar yoki qarama-qarshiliklar vujudga kelsa, bu qiyinchiliklarni hal gilish vositasi sifatida prinsiplar xizmat qiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra prinsiplar imperativ, hokimiyat-buyrugq tusga ega bo‘lib, bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadigan umumiy majburiy ko‘rsatmalarini o’z ichiga qamrab oladilar. Mafkuraviy kategoriya sifatida prinsiplar ijtimoty-siyosiy g‘oyalar ta’siri ostida shakllanadi, biroq protsessual faoliyatni va uning sohasida vujudga kelayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga solish ‘vazifasini g*oyalar emas, balki ularga asoslangan norma-prinsiplar bajaradi. G‘oya huquq normalarida mustahkamlab qo‘yilmaguncha odil sudlov prinsipi bo‘la olmaydi, u huquqiy ong mahsuli va ilmiy xulosa bo‘lib qolaveradi. Prinsiplarning normativligi davlat faoliyatining alohida turi bo‘lgan odil sudlov tabiatidan ajratib bo‘lmaydigan ularning asosiy xususiyatidir, Ular inson va fuqaro hamda tegishli davlat organlariga qgaratilgan bo‘ladi, Protsessni alib borayotgan davlat organlari belgilangan prinsiplarga rioya qilgan holda faoliyatini amalga oshirib, ularni buzganlik uchun javobgar bo‘lad Download 35.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling