12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja


Download 35.4 Kb.
bet7/9
Sana14.02.2023
Hajmi35.4 Kb.
#1198932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 (1)

Mehnat shartnomasi
Mehnat qilish va uni amalga oshirilishining asosiy shakli sifatida mehnat shartnomalarining o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, mehnat shartnomasiga oid qonunchilik tizimlarini yanada takomillashtirish, bu qonun hujjatlari to‘liq va og‘ishmasdan bajarilishiga erishish, mehnat munosabatlari chog‘ida yuz byeruvchi nizolarni tezkor hal etish yo‘li bilan buzilgan huquqlarning samarali tarzda himoya etilishiga erishish qonunchiligimiz oldidagi dolzarb vazifalardandir.
Mehnat shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish chog‘ida mehnat qonunlariga og‘ishmasdan amal qilish xodimlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, qonunlarga amal qilinadigan korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy barqarorlik saqlanib turishiga va turli nizo va tortishuvlarga sarflanadigan vaqtdan korxona va xodim manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoni tug‘iladi.
Mehnat shartnomasi – ko‘p qirrali ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik hujjat sifatida ta’riflanmog‘i kerak. Bunda eng avvalo uning huquqiy muhofaza funksiyasiga ega ekanligi diqqat markazida saqlanmog‘i kerak.
Mehnat shartnomasi kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ixtilof va tortishuvlarni hal etishga kalit bo‘ladigan vositadir va nizoni muxokama qilayotgan organ eng avvalo, mehnat shartnomasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda masalaga yondoshishi va uning qoidalariga tayangani holda qaror qabul qilishi lozim.
Mehnat shartnomasi – xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha mehnat majburiyatlarini ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda haq evaziga bajarishidan iboratdir.
Bizning nazarimizda, ushbu ta’rif mehnat shartnomasiga xos bo‘lgan eng muhim jihatlarni qamrab olgan bo‘lsada, ammo umumiy xususiyatga ega. Yuridik adabiyotlarda turli yurist olimlar tomonidan mehnat shartnomasiga byerilayotgan ta’riflar bir-biridan jiddiy farq qilmasada, uning u yoki bu jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi .
Mehnat shartnomasi shaxslar o‘rtasida huquqiy munosabat yuzaga keltirish asosi sifatida boshqa fuqarolik huquqiy xususiy shartnomalar bilan aynandir. Shu bilan birga uning fuqarolik-huquqiy shartnomalarining boshqa turlaridan farq qiluvchi muhim jihatlari ham nazardan qochirilmasligi kyerak.
Mehnat shartnomasi huquq va majburiyat yuzaga keltiruvchi yuridik bitim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • u yuridik fakt bo‘lib, xodim va ish beruvchi o‘rtasida mehnat huquqiy aloqa yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatdir;

  • mehnat shartnomasi taraflar bir-biriga nisbatan huquqlarga hamda majburiyatlarga ega ekanliklarini tasdiqlovchi dalildir;

  • mehnat shartnomasi huquqlarni himoya qilish vositasidir.


Bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mehnat shartnomasining ahamiyati ortib borishi tabiiy holdir.
Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish byeruvchining o‘zaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo‘li bilangina fuqaro xodim maqomini oladi, mehnat jamoasiga qo‘shiladi, korxona lokal me’yoriy hujjatlari, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat qonunlari to‘la hajmda unga tatbiq etila boshlanadi.
Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasb-korini tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o‘zaro teng ekanliklari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi tabaqalarini davlat qo‘llab-quvvatlashining amalga oshirilishi kabi qoidalariga asoslanadi.
Mehnat shartnomasi xususiy huquqiy shartnomalarning bir turi sifatida shartnomalarga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi va uning taraflari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabat, huquqlar va majburiyatlar mazmunini ifodalaydi.
Biroq, mehnat shartnomalarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari va bir qator jihatlari borki, ular mehnat shartnomasini fuqarolik huquqiy shartnomalaridan aniq farqlash imkonini beradi.
Mehnat huquqi fanida ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ana shunday farqlovchi jihatlar qatoriga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  • Mehnat shartnomasiga ko‘ra xodim korxonada muayyan kasb, ixtisos va malakaga oid ishni bajarishi, ish byeruvchi esa ana shunday ish bilan ta’minlashi lozim. Mehnat shartnomasi majburiyati predmeti ishning natijasi yoki ko‘rsatiladigan muayyan xizmat turi emas, balki tirik mehnatni o‘zi sanaladi. Har bir xodim mehnat jamoasi tarkibida bo‘lgani holda bajaradigan ishning xususiyati ishlab chiqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda tegishli kasb, ixtisos doirasida o‘zgarib turishi mumkin.

  • Xodim o‘z kasbi, ixtisosi, lavozimiga oid ishni korxona ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda bajarishi lozim bo‘ladi. Ichki mehnat tartibi deganda, xodimlarni bir maromda ishlashlarini, xavfsiz va unumli mehnat jarayonida tegishli mehnat me’yorlari bajarilishini ta’minlovchi mehnat rejimi nazarda tutiladi. Bunday mehnat rejimi mehnat qonunlari, qonun hujjatlari, korxonlardagi lokal me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

  • Mehnat jarayonida xodim ish byeruvchi farmoyishlarini baja-rishi, mehnat opyerasiyalarini uning ko‘rsatmalariga amal qilgan holda bajarishi lozim. Ya’ni xodim va ish byeruvchi o‘rtasida o‘zaro bo‘ysunish munosabati mavjud bo‘ladi. Mehnat shartnomasi bo‘yicha mehnat qilinganida mehnat jarayonining o‘zi, uning shart-sharoitlari tartibga solinadi.

  • Mehnat kodeksiga ko‘ra (154-modda) ish byeruvchi xodimga o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, jamoa kelishuvi yoki shartnomasida ko‘rsatib qo‘yilganidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lashi kyerak. Ish haqi to‘lashga oid shartlar hatto xodim rozi bo‘lgan taqdirda ham qonunlarda belgilab qo‘yilgan eng kam miqdordan kam bo‘lishiga, uning ahvolini yomonlashuviga olib kelishi mumkin emas.




Download 35.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling