12-mavzu. Jinoyat-protsessual huquqi. Reja


Download 35.4 Kb.
bet5/9
Sana14.02.2023
Hajmi35.4 Kb.
#1198932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 (1)

Nazorat uchun savollar:
I. Jinoyat-protsessual huqugi tushunchasini yoriting
2. Jinoyat protsessining bosqichlarini sanab o'ting
3, Jinoyat protsessi prinsiplari haqida so’zlab bering
4. Jinoyat protsessining ishtirokchilari deganda kimlarni tushunasiz ?
5. Jinoyat protsessining ishtirokchilarining huquqlarini bilasizmi ?
16-Mavzu. MEHNAT HUQUQI
Reja:
1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti
2. Mehnat huquqining tizimi va tamoyillari
3. Mehnat shartnomasi tushunchasi va uning turlari
4. Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi, tasnifi va umumiy qoidalari
5. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta’minlash usullari
6. Mehnat nizolari tushunchasi va ularning tasnifi
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T.:2019

  2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son.

  3. Usmanova M.A. tahriri ostida. Mehnat huquqi. Darslik – T.: TDYuI. 2018-547 b

  4. Gasanov M.Yu. Trudovoe pravo Respubliki Uzbekistan. Obshaya chast. – T.: Izdatelstvo “Lesson Press”, 2016. – 320 s.

  5. Usmanova M.A., B.Israilov. Mehnat huquqi. O‘quv-uslubiy majmua. – T.: TDYuI, 2011. 462 b.

Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti
Bozor munosabatlari sharoitida inson huquqlarini ta’minlash, mehnat qilish va o‘z mehnati bilan munosib turmush kechirishni kafolatlash, aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik faoliyatining asosiy jihatlaridan sanaladi. Mehnat huquqi fani va mehnat qonunchiligining asosiy xususiyatlari ham ushbu vazifalarni bajarilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev: “samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab byeradigan muhim omillardir” deb ta’kidlagan.
Mehnatga oid ijtimoiy munosabatlar huquq normalari tufayli huquqiy munosabat tusini oladi va ishlab chiqarish munosabatlarining o‘ziga xos turini vujudga keltiradi.
Ijtimoiy mehnat munosabatlari irodaviy munosabatlar sifatida huquqiy mexanizmlar yordamida tartibga solinadi.
Mehnat huquqining predmeti odamlarning moddiy-turmush sharoitlari, intilishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida e’lon qilingan “har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega” ekanligi to‘g‘risidagi norma fuqarolarning turli shakllardagi mehnat qilishga bo‘lgan huquqlarini o‘zida ifodalaydi va bu huquq:
a) ishga yollanish va mehnat shartnomasi tuzish;
b) davlat xizmatiga kirish (mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlariga kontrakt asosida harbiy xizmatchi maqomida);
v) tadbirkorlik bilan shug‘ullanish (yuridik shaxs ta’sis etgan holda yoki yakka tadbirkor);
g) erkin kasb bilan shug‘ullanish (ijodiy ishlar, notijorat tashkilotlari faoliyatida beg‘araz mehnat qilish);
d) o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash (tomorqasida dehqon xo‘jaligi tuzgan yoki tuzmagan holda);
e) qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Mehnat huquqi fani faqat ish byeruvchiga mehnat shartnomasi tuzish orqali ishga yollanadigan, “xodim” maqomiga ega bo‘lgan fuqarolarning ish byeruvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.


Mehnat qilish huquqi bundan boshqa shakllarda amalga oshiril¬gani taqdirda tegishli qonun hujjatlari bilan (Masalan, harbiy xizmatchilar tomonidan xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respub¬likasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va uning asosidagi boshqa qonun hujjatlari (xizmatni o‘tash tartibini belgilovchi Nizom va ustavlar, harbiy xizmatga kirish chog‘ida tuzilgan kontrakt va boshqa aktlar bilan tartibga solinadi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va erkin kasb egalari o‘z mehnatlarini o‘zlari mustaqil tarzda tashkil qiladilar va hokazo) huquqiy tartibga solinadi.
Mehnat huquqi predmeti jumlasiga kiruvchi munosabatlar boshqa turdagi shunga o‘xshash bo‘lgan munosabatlardan mehnat shartnomasi tuzgan xodim ish byeruvchiga nafaqat o‘z kasbiy va mehnat salohiyatini, balki erkinligining muayyan qismini ham (korxonada o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishi, ishni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi mumkin emasligi, ish byeruvchining qonuniy talab va farmoyishlarini so‘zsiz bajarishi lozimligi va boshqalar) o‘tkazishi lozim bo‘ladi.
Harbiy xizmat sohasida ham shunga o‘xshash qoidalar o‘rnatilgan bo‘lsada, ammo harbiy xizmatchi o‘z boshliqlariga ma’muriy bo‘ysunishda bo‘ladi hamda ularning hatto noqonuniy buyruq va farmoyishlarini ham bajarishi kyerak (keyinchalik bu haqida yuqori turuvchi boshliqqa shikoyat qilish huquqi bilan). Shu sababli harbiy xizmatchining harbiy xizmati mehnat munosabatlari bo‘lmasdan, xizmatni o‘tash chog‘idagi ma’muriy munosabatdan iboratdir.
Turli jamiyat va assosiasiyalarga birlashish (unga a’zo bo‘lish) orqali amalga oshiriladigan mehnat huquqiy munosabatlardan uyushma a’zolari xatti-harakati ko‘proq qonunlar vositasida emas, balki ushbu uyushma tomonidan qabul qilingan ichki norma va qoidalar bilan tartibga solinishi bilan farqlanadi (masalan, siyosiy partiya arbobining siyosiy faoliyat shaklidagi mehnati partiya ustavi bilan tartibga solinadi).



Download 35.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling