Ko'chmas mulk brokeri (rieltori) - rieltorlik firmasini boshqaruvchi yoki boshliq o'rinbosari yoki rieltorlik firmasi ko'chmas mulk amaliyotlari bo'limi boshlig'i, yoki maxsus ta’limga ega va ko'chmas mulk ob'ektlari bilan quyidagi amaliyotlarni amalga oshiruvchi individual tadbirkor, ya'ni jismoniy shaxs tushuniladi: 1) ko'chmas mulk agenti bajaruvchi barcha amaliyotlar; 3) kelishuvlarni olib borish va ko'chmas mulkning listing, sotish, xarid qilish, ijara, almashish yoki lizing (sublizing) shartnomalarini imzolash; 4) ko'chmas mulk ob'ekt amaliyotlarining shartnoma talablari bo'yicha avans, bo'nak, komission yoki gonorar olish; 5) o'z faoliyatining reklamasini amalga oshirish; 6) ko'chmas mulk ob'ektlarini sotishda eksklyuziv shartnomalarni tuzishda, ko'chmas mulk egasini mulkchilik xuquqini tasdiqlovchi, hujjatlarni saqlash uchun javobgarlikni oz bo'yniga olish va saqlash 2.Ko'chmas mulk bozorida rieltorlik xizmatlarini uyushtirish qoidalari - Ko'chmas mulk bozorida savdo vositachilik va tashkillashtirish xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasining «Rieltorlik faoliyati to'g'risida» qonunni qoidalarini ko'rib chiqamiz. Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning ko'chmas mulk ob'ektlariga va ularga bo'lgan xuquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog'liq xizmatlarni shartnoma asosida ko'rsatish bo'yicha tadbirkorlik faoliyatidir.
- Rieltorlik faoliyati rieltorlik faoliyati soxasidagi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi.
- Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega bo'lgan tijorat tashkilotidir. - Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega bo'lgan tijorat tashkilotidir.
- Rieltorlik tashkiloti qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xar qanday tashkiliy-xuquqiy shaklda tashkil etilishi va o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
- Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) ega bo'lgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan rieltorlik tashkilotining raxbari bo'lishi kerak.
- Rieltorlik tashkilotiga uning raxbari arizasiga ko'ra bir yoki bir necha turdagi rieltorlik xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziya berilishi mumkin. Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish xuquqiga ega emas. Rieltorlik tashkiloti davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Rieltorlik tashkiloti o'z faoliyatini o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish polisi mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |