13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fumigatsiya.
Tayyorlov tadbirlari. Tayyorlov jarayonlari sezilarli darajada fumigasiyaning muvaffaqiyatini anglatadi. Tayyorlov tadbirlariga quyidagilar kiradi:
- zararsizlantirishga tadbik etilayotgan obyektni mexanik tozalash; - fumigantni har bir agregatning ichki qismiga erkin yetib borishi (bu ayniqsa un tortish, yorma va omixta yem zavodlarini va elevatorning ichki binosini dezinseksiyalashda muhim); - mashinalar va boshqa jixozlarning metall qismlarini korroziyadan himoya qilish; - zararsizlantirilayotgan obyektlarni germetizasiyalash; - yaqin kunlar uchun ob-havo to’g’risida ma’lumotlar olish (chunki har bir fumigantni havoning ma’lum haroratida va namligida qo’llash maqsadga muvofiq); - yong’inga va gazga qarshi yo’riqnomada ko’rsatilgan xavfsiz choralarni ko’rish; - fumigantlarni tayyorlash. Fumigatsiya. Fumigasiyaning keng miqyosda qo’llanilishi-xavfsizlik ma’nosida mukammalroqligi, kam mexnat talab qiladigan va eng arzon usullarni qo’llashni talab qilishidir. Buning uchun elevatorlarning siloslarida resirkulyasion qurilmalar yaratilgan. Ularni brom metil bilan dezinseksiyalashda ishlatadilar. Bunday qurilma ikki-uch havolovchi siloslardan, fumigasiya uchun mo’ljallangan kameradan, taradan va fumigantni resirkulyasiyalash tizimidan iborat. Oxirgisi motorli yuqori bosim ventilyatoridan, bug’latuvchidan va gaz o’tkazuvchi quvurlardan tashkil topgan. Motorli ventilyator va bug’latuvchi yaxshi germitizasiyalangan, hajm jihatidan uncha katta bo’lmagan, maxsus mashina bo’limiga joylashtiriladi. Bu bo’limning o’ziga tarozi o’rnatilgan, uning ustiga ichida fumiganti bo’lgan ballon tozalash uchun joylashtirilgan, sistemaga fumigant bug’larining konsentrasiyasini hisoblash va gaz-havo aralashmasining haroratini o’lchash uchun nazorat o’lchov apparati o’rnatilgan. Mashina bo’limidan tashqarida gaz-havo aralashmasini olib keluvchi va qaytaruvchi quvurlar joylashtirilgan (132-rasm). Fumigant ballondan (1) pulat quvur (2) bo’ylab forsunka (3) orqali bug’latkich (4) ga uzatiladi, u yerda ventilyator (5) uzatiladigan havoni aralashtiradi, keyin gaz taqsimlovchi quvurlarga (6,7) yuboriladi va silos (8) yoki gaz kamerasiga (I) kelib tushadi; silosdagi don uyumidan tortib, fumigant vintel (10) orqali quvur bo’ylab o’tadi va ventilyatorning (5) so’ruvchi tomoniga qaytadi. Fumigasiya tugagandan keyin vintelni (10) silos ustidagi xona tomidan chikib ketuvchi gaz quvuri tomoniga qarab ochiladi, natijada ishlangan fumigant atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bir vaqtning o’zida bitta silosni yoki gaz kamerasi (I) ni 17000.. .23000 ta qopni zararsizlantirishda ishlatish mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling