13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fumigatsiya.
Aerozollar. Ob’yektlarga zaharli tutunlar va tumanlar bilan ishlov berish usuli qishloq xo’jaligida va bush omborxonalarga ishlov berishda keng qo’llaniladi. Geksaxloran shashkalari yokilganda ajralib chiqadigan tutun bilan yirik don omborxonalarini dezinseksiyalashda ham ijobiy natijalar olingan. Dezinsek- siyalashning aerozol usuli xonalar zichligi fumigasiya uchun talab qilinadigandan kichik bulganda amalga oshirilishi mumkin. Biroq, bu xonalarni mexanik tozalashni ko’prok talab qiladi.
Agar zaxiraning yetarlicha dispersligiga erishilsa, ya’ni tomchi ulchamlari 0,5 dan 5,0 mkm gacha bo’lgan yuqori dispersli tuman (kuyuk tuman) olinsa, aerozolni qo’llash yaxshi natija beradi. Amaliyotda bunday harajadagi disperslikka ko’pincha termomexanik usul orqali erishiladi. Suyukholatda bulgan zahar gaz OBEIMI bilan tomchilarga bo’linadi, keyinchalik esa gazning yo’qori harorati ta’sirida kisman bug’lanadi. Bu jarayon maxsus apparatlarda - aerozolgeneratorlarda amalga oshiriladi. Don mahsulotlari tizimida bush omborxonalarni zararsizlantirish uchun “Gamma” shashkalaridan foydalaniladi. Bunda geksaxloranning gamma izomeri amaldagi boshlovchi hisoblanadi. Aerozol usuli AQSH va Kanadada elevator siloslaridagi donlarning govori kismidagi havoni dezinseksiyalash uchun keng qo’llaniladi. Fumigatsiya. Ob’yektlarga zaharlovchi moddalarning bug’’lari yoki gazlari bilan ishlov berish (boshqacha aytganda gazlash) fumigasiya deyiladi. Bu usul bir qator mamlakatlardagi omborxonalarni va donni don mahsulotlariga aylantiruvchi korxonalarni dezinseksiyalashda keng qo’llaniladi. Buni zararsizlantirishning yuqori samaradorligi va turli obyektlar uchun ko’pgina fumigantlarni qo’llashning uneversalligi bilan tushuntiriladi. Zaharlovchi moddalarning bug’’lari va gazlari havo bilan aralashib, dezinseksiyalashning boshqa usullarida yetib bo’lmaydigan joylar ichiga kirib, 100 % li zararsizlantirish imkonini beradi. Biroq, fumigasiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun obyeklar yetarlicha germetik (zich) bo’lishi kerak. Fumigasiyaning samaradorligi va uni o’tkazish texnikasi fumigantlarning quyidagi xususiyatlari bilan izohlanadi: unuvchanligi, bug’’lanish tezligi, fumigantlarning havodagi diffuziyasi, ularning bug’’lari yoki gazlarini havoga nisbatan zichligi bilan, portlashi yoki alanga olishga moyilligi, gazlashtiriladigan turli obyektlar tomonidan sorbsiyalanish harajasi bilan, boshqalardan farqlay olinishi bilan. Atrof-muhit sharoiti u yoki bu xil bo’lganda turli obyektlar uchun fumigantlarni qo’llash mumkinligi ham yuqorida aytib o’tilgan xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Donni saqlash va qayta ishlash jahon amaliyotida fumigantlardan juda chegaralangan miqdorda foydalaniladi. Chunki pestisidlarning bu guruhiga qo’yiladigan talablar juda katta va xilma-xildir. Hasharotlar rivojlanishining turli bosqichlarida ta’sir qilishiga qarab barcha fumigantlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: - katta hasharotlar va ularning lichinkalariga nisbatan yaxshi zaharli, lekin tuxumlari uchun kam zaharli bo’lgan; - hasharotlarning barcha rivojlanish bosqichlari uchun (ko’pincha lichinkalari, hatto qo’ngizlariga nisbatan tuxumlari uchun zaharliroq) yaxshi zaharli bo’lgan fumigantlar. Birinchi guruhga - dixloretan, uglerod sulfid, ikkinchi guruhga - tuxumlarni yaxshi o’ldiruvchi moddalar (242 preparata, metil brom) kiradi. Ko’pgina fumigantlar alohida ishlatiladi, biroq; ularning kombinasiyalari ham (242 preparatini metil brom bilan aralashmasi, metil bromning metililxlorid bilan aralashmasi va x.k.) ayrim paytlarda ishlatiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling