13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 242 preparati.
Fumigatsiya vositalari. Turli ob’yektlarning fumigasiyasini metil brom, 242 preparata, dixloretan va metililxlorid bilan hosil qilingan aralashmalar bilan o’tkaziladi. Bunda urug’lik don uchun faqat metililxlorid va dixloretandan foydalaniladi.
Metil brom (metil bromid, monobrommetan, brommetil, brom- metin). Emperik formulasi SN3Vg. Bir qator mamlakatlarda keng tarqalgan juda yaxshi fumigant. Past konsentrasiyalarda inson uchun xavfli, chunki fumigantning hidi sezilmaydi. Ba’zan signalizator sifatida unga 242 preparati qo’shiladi. Ishchi zona havosida metil bromning yo’l qo’yiladigan konsentrasiyasi 1 mg/m3. Metil brom har tomonlama samarali fumigantdir. Uning bug’’lari havodan 3,5 marta og’ir, yuqori uchuvchanlikka ega. U gazlatiladigan material ichiga tez va osonlikcha kirib oladi, mahsulotlar tomonidan nisbatan kam sorbsiyalanadi. Qaynash haroratining pastligi metil bromni haroratning keng diapazonida qo’llashga imkon beradi. Preparat oziq-ovqat va yem-xashak olishga muljallangan boshoqli va dukkakli o’simliklarning donlarini zararsizlantirishda, barcha turdagi tayyor mahsulotlarni dezinseksiyalashda keng qo’llaniladi. Metil bromni qoplarni va brezentlarni, un tortish, yorma va omixta yem zavodlarining xonalarini hamda kema va barjalarning yukxonasida bo’lgan o’simlikdan tayyorlangan har qanday yuklarni amaldagi yo’riqnomaga binoan zararsizlantirishda qo’llaniladi. Metil bromning donlari gazlashtirish uchun sarfi 60...80 g/m3, don mahsulotlarini fumigasiyalash uchun sarfi 40...45 g/m3 gacha, 2...3 sutkali ekspozisiya paytida xonalarni zararsizlantirish uchun sarfi 20.. .25 g/m3 ni tashkil qiladi. 242 preparati. Dezinseksiya va deratizasiya uchun ishlatiladi. Sof holatda rangsiz, juda o’tkir hidli, yengil kuchadigan moysimon suyuklik. Texnik preparat, tarkibida begona aralashmalar borligi bois, sarg’imtir yoki qo’ng’ir rangga bo’yaladi. Preparat tarkibida aralashmalar mavjud bo’lganligi havoning yuqori namligi sababli silliqlangan metall yuzalarni korroziyalash (zanglatish) xususiyatiga ega. Obyektlarni fumigasiyaga tayyorlashda buni hisobga olish zarur. U kauchukni yumshatadi. 242 preparati tovaqsimon obyeklar ichiga yaxshiroq kirib olish va ular tomonidan sorbsiyalanish xususiyatiga ega. Inson va hayvonlar uchun kuchli zaharlovchi vosita hisoblanadi. Biroq, hidi va kuz pardasining sezgirligi tufayli hali inson hayoti uchun xavfli bo’lmagan kichik konsentrasiyalarda yaxshi aniqlanadi. 242 preparati ta’sirida boshoqli o’simliklar donlarining unuvchanligi pasayadi. Gaz konsentrasiyasi qanchalik katta bo’lsa, ekspozisiya qanchagacha havom etsa va don namligi qanchalik yuqori bo’lsa, unuvchanlik shuncha harajada yo’qotiladi. Toza yig’ishtirib olingan urug’lar hatto past namlikka ega bo’lsalarda, preparatning ta’siriga sezgirroq bo’ladilar. Bu boshoqli o’simliklarning urug’lik donlarini gazlashda fumigantlarni qo’llashni cheklab kuyadi. Dukkakli o’simliklar uruglarining unuvchanligi amalda o’zgarishsiz qoladi. Kanalar va hasharotlar uchun o’limli dozalarda 242 preparati don uyumi ichiga 0,75... 1 m gacha kiradi, agar bunda uning harorati atrofidagi havo haroratiga tent yoki yuqori bo’lsa. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, don uyumi harorati tushishi bilan preparatning uni ichiga kirishi oshib, bu 2.. .3 va hatto 4 m ga yetishi mumkin. 242 preparati bilan ishlov berilgan mahsulotlar, zaharlovchi gazlardan tozalangandan keyin o’zlarining oziqaviy sifatlarini yo’qotmaydilar. Donda, unda va yormada xemosorbsiya xodisasi kuzatiladi. Preparat tariq tomonidan ko’proq, boshqa yormalar va un tomonidan kamroq va don tomonidan yanada kamroq sorbsiyalanadi. 242 preparata bilan omborxonalar, elevatorlar, un tortish, yorma va omixta yem zavodlari, don quritkichlari, taralar va vagon eshiklari zararsizlantiriladi. Konstruksiyasining yuqori qismida (tomida) yetarlicha germetizasiyasi bo’lmagan omborxonalarni dezinseksiyalash uchun ham undan foydalanish mumkin, chunki uning bug’’lari havodan ancha og’ir. Preparatni erkin bug’lanish usulida fumigasiya qilinadi yoki 2-AG va 4-AG apparatlari qo’llaniladi. 242 preparati dixloretan bilan aralashma ko’rinishida ishlataladi. Uni dixloretanga qo’shish aralashma zaharliligini oshiradi. Erkin bug’lanish usuli qo’llanilganda qoplar fumigant bilan qo’llanadi va ular butun xona bo’ylab osib qo’yiladi. Bunda qoplar soni ushbu ob’yekt uchun oldindan hisoblab chiqilgan bo’ladi. Preparatning zaharliligi uni nisbatan kichik dozalarda qo’llash va fumigasiyaning qisqa muddatliligi bilan harakterlanadi (2...5 sutka). Ob’yektning turiga va fumigantni bug’latish usuliga qarab uning 1 m3 xonaga sarfi aksariyat holatlarda har 1 m3 don uyumi uchun 15.. .40 va 60 g gachani tashkil qiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling