13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Download 0.54 Mb.
bet17/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Rux fosfidi. Bu preparat koramtir-kulrang kukun. Hayvon oshqozoniga tushganda, u oshqozon shirasidagi xlorid kislota bilan birikib (rux xlorid ko’pli gazsimon zahar hisoblanadi), fosforli vodorodni ajratib chiqaradi. Fosforli vodorod oshqozon devorlariga ta’sir qilib, to’qimalar ichiga kiradi va qonga o’tadi. Bu zaharning kislotalarda erish qobiliyatini hisobga olib, undan nordon va tez achiydigan zaharlangan yem tayyorlashda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Rux fosfidli zaharlangan yemlarni yiliga ikki marta - kemiruvchilar soni eng ko’p bo’lgan davrlarda (bahorda va kuzda) qo’llashga ruxsat beriladi.
Kalamushlar, sichqonlar va dalasichqonlar uchun tayyorlangan zaharli yemlarda rux fosfidi miqdori 3 % ni tashkil qilishi kerak. Misol tariqasida rux fosfidi qushib tayyorlangan yemning bitta resyeptini keltiramiz: bug’’latilgan don (bug’’doy yoki suli doni) - 940 g, o’simlik yog’i - 30 g va rux fosfidi - 30 g.
Zookumarin. Ok kristallsimon kukun. Hayvonlar va inson qonida mavjud bo’lgan K vitaminining antikoagulyanta va antagonista hisoblanadi. Preparat hayvon organizmiga tushganda qon tomirlari strukturasini buzadi, ichki qon quyishiga olib keladi, qon tomirlarida qon miqdorini kamaytiradi, bu to’qimalarning kislorodga to’yinmasligiga va hayvonlarning o’limiga olib keladi. Kumarin preparata tez ta’sir qiluvchi zaharlarga kirmaydi va zaharlanishning o’tkir alomatlarini keltirib chiqarmaydi. Bir martalik qo’llanilganda ular unchalik zaharli emas; kalamush o’li- shi uchun u bu preparatdan 15 mg doza olishi kerak. Preparat takroran bor-yo’g’i 1 mg miqdorida iste’mol qilinganda (bir necha marta) kemiruvchilar o’lishi mumkin. Zookumarin inson va hayvonlar uchun xavfli.
Ratindan. Preparatning asosiy harakatga keltiruvchisi bo’lib defenasin hisoblanadi. Uning preparatdagi miqdori 0,5 % ni tashkil qiladi, talk yoki makkajo’xori kraxmali to’ldiruvchi hisoblanadi. Preparat, zookumaringa o’shab ko’pli antikoagulyasion va kumulyativ ta’sir qilish xususiyatiga ega. Bu uni kichik dozalarda qo’llashga sabab bo’ladi (kukun tuldiruvchi bilan zaharlangan yem massasiga nisbatan 3 % miqdorida). Biroq, xuddi zookumarin kabi zaharlangan yemni 3 - 4 martalab iste’mol qilish talab etiladi. Inson va hayvonlar uchun zaharli.
Zaharini sepib, inlar va bo’sh xonalar deratizasiyalanadi. Bu usulni qo’llash shunga asoslanganki, kemiruvchilar yer ostidan yoki xona ichida yurib, sepilgan kukunsimon zahar bilan panjalarini va tukli qoplamalarini bulg’aydilar. Mo’ynalarini va panjalarini tozalashda (yuvinishda) kemiruvchilar yopishib qolgan zahar zarrachalarini zaharlanishlariga olib keluvchi miqdorda yalaydilar.
Don mahsulotlarini, don omborxonalarini va don qabul qilish va qayta ishlash korxonalarining boshqa obyektlarini zarasizlantirish bo’yicha barcha tadbirlarni o’tkazish ziyraklikni va amaldagi yo’riqnomalarda bayon etilgan qoidalarga qat’iy rioya qilishni talab etadi.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling