13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Don omborxonalarini aerozol bilan zararsizlantirish
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nam dezinfeksiya.
Don omborxonalarini aerozol bilan zararsizlantirish. Turli obyektlarni keltirib o’tilgan fumigasiya vositlari ta’sirida zararsizlantirish bilan bir qatorda, tayyorlov tizimida va qishloq xo’jaligida bo’sh omborxonalarga ishlov berishda aerozol usulidan foydalaniladi. Bu usulda kuchli insektisid xususiyatiga ega bo’lgan geksaxlorsiklogeksan (geksaxloran) ning gamma-izomeri asosiy ta’sir qiluvchi hisoblanadi. U kontaktda ichakka fumigasion ta’sir qilish xususiyatiga ega. Preparat yoqilganda hosil bo’ladigan tutun bo’sh omborxonalar ichidagi barcha joylarga yaxshi kirib borib, hasharotlar va kanalarga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, omborxonalarning germetikligi kamroq bo’lganda ham aerozollardan foydalanish mumkin.
Geksaxlorsiklogeksan (GXSG) ning gamma-izomerini yoqish uchun uni vertolet tuzi (20 %), nashatir (12 %) va urotropin (8 %) dan tashkil topgan termik tarkib bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashmani qog’ozdan yasalgan silindr korpusga o’rnatiladi. 200.. .500 g massaga ega bo’lgan zapalli shashkalar osonlikcha yoqiladi va ular 3.. .5 daqiqa davomida yonadi. Amaldagi (ta’sir qiluvchi) moddasiga qarab, ular “Gamma” shashkalari deb ataladi. Shashkalardan ajralib chiqqan tugun, dastlab xonalarning yuqori qismiga ko’tariladi, keyin sekinlik bilan pastga tushadi. Tutatilgan xonani ikki sutkaga yopib qo’yiladi. Elevatorlar va siloslar yaxshi germetizasiyalanganda massasi 0,5 kg li bitta shashka xonaning 1080 m3 hajmiga yetadi. “Gamma” shashkalarini qo’llashning zaruriy shartlari: atmosferadagi va xona ichidagi havo harorati 12° C dan past bo’lmasligi, shamol tezligi omborxonalarga ishlov berilganda ko’pi bilan 2 m/s va elevatorlarning xonalariga ishlov berilganda esa 7 m/s bo’lishi zarur. Ishlov berilgandan so’ng hid butunlay yo’qolgach (kamida uch kun o’tib), ishlov berilgan omborxonalarga don solishga ruxsat beriladi. Yoqishdan qolgan shashka qoldiqlari albatta chiqarib tashlanadi. Nam dezinfeksiya. Bo’sh omborxonalar, don qabul qilish korxonalarining hududlari, jihozlar va zararkunandalar bilan zararlangan yuzalarni zararsizlantirishda nam dezinseksiyadan foydalaniladi. Donlarga karbofos va boshqa fosfororganik pestisidlar bilan ishlov berishni ham bu usulga kiritish mumkin. Nam dezinseksiyaning mohiyati shundan iboratki, pyestisidlarning suvdagi eritmalari yoki emulsiyalari purkagichlar yordamida kichik tomchilarga disperslanadi, ular ishlov beriladigan yuzalarga sepiladi. Har bir purkagich suyuqlik uchun muljallangan idishdan, idish bilan birlashtirilgan nasosdan va poynakli-purkagichli rezina shlangdan iborat. OMPV va RUP-2 keng tarqalgan purkagichlardan hisoblanadi. Respublikamizda nam dezinseksiya vositasi sifatida fosfor organik moddalar qo’llaniladi. Ular quyidagilar: DDVF, trixlormetafo s-3, karbofos (sarflanish me’yori 1 m2 yuzaga 0,2; 0,4; 0,6). DDVF (valona, fosfit) fosfor kislotaning hosilasi hisoblanadi. Dezinseksiya uchun och-sariq rangdan to’q-sariq ranggacha bo’lgan 80 % li konsentrat ko’rinishidagi texnik preparat qo’llaniladi. DDVF organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda 1 % ga yaqin eriydi. DDVF issiqqonlilar uchun yuqori zaharli birikma bo’lib hisoblanadi. Don zaxiralarining zararkunandalariga zaharli ta’sir qilish bo’yicha qo’llaniladigan barcha fosfororganik pestisidlardan ustun turadi. Yuqori uchuvchanligi bois yaxshi fumigant pestisid bo’lib hisoblanadi. Gazli fazada u 242 preparati- dan 400...800 marta zaharliroq. DDVF polietilen konistralarda saqlanadi. DDVF ning muhim xususiyati bo’lib uning donda zaharsiz metobolitlargacha, xususan glikol va fosfor kislotalarga tez parchalanadi. DDVF ning havoda yo’l qo’yiladigan konsentrasiyasi (IKK) - 0,25 mg/m3, yo’l quyiladigan qoldiq miqdori (IKKM) donda va kapalaklarda - 0,3 mg/kg. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling