13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


-rasm. Elevatorlar siloslarida retsirkulyatsioy qurilmalarni qo'llab donni fumigatsiyalash sxemasi


Download 0.54 Mb.
bet11/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

132-rasm. Elevatorlar siloslarida retsirkulyatsioy qurilmalarni qo'llab donni fumigatsiyalash sxemasi:
1 - ballon; 2 - quvur; 3 - forsunka; 4 - bug’latkich; 5 - ventilyator; 6,7 - taqsimlovchi quvurlar; 8 - silos; 9 - quvur;10 - vintel; 11 - gaz kamerasi
Fumigantning kerakli konsentrasiyasi yaratilgandan keyin gaz havo aralashmasining resirkulyasiyasi 9... 15 soat davom etadi, keyin siloslar gaz ostida yana 3.. .9 soat qoladilar. Shunday qilib, fumigasiyaning umumiy muddati, gaz havo aralashmasining haroratiga qarab, 12...24 soatni tashkil qiladi. Degazasiya 1 soat davom etadi. Siloslarning va havo bilan fumigant bug’lari aralashmasi sirkulya- siyalanadigan barcha sistemaning yetarlicha germetikligi - ekspluatasiya uchun zaruriy shartlardir.
Fumigasiyalanadigan qoplarni 20 tadan qilib bir qopga joylaydilar, shunday qilib to’ldirilgan qoplarni gazasion kameraning panjarasiga urnatadilar. Gaz-havo aralashmasi panjara ostiga o’rnatilgan quvurlar orqali bosim ostida uzatiladi va kamera shiftiga o’rnatilgan so’ruvchi quvurlar orqali chiqarib tashlanadi. Fumigan qop ichiga yaxshi kirishi uchun fumigasiyadan oldin vakuum hosil qilinadi. Ishlov berish muddati 24 soat.
Omborxonalarda donni 242 preaparati, metililxlorid va dixloretan bilan fumigasiyalash uchun don mahsulotlari tizimida 2-AG va 4-AG apparati qo’llaniladi. 2-AG apparati (133-rasm) №3 yuqori bosim ventilyatoridan, elektrodvigateldan, kompressordan, bug’latuvchi kameradan, suyuq fumigantlar uchun bakchalardan, gaz quvurlari tizimidan, nazorat-o’lchov apparaturalaridan (manometrlar) va boshqaruv asboblaridan tashkil topgan. Avtomobilga urnatilgan 4-AG apparati havo sovuq bo’lganda gaz-havo aralashmasini qizdirishga mo’ljallangan kalorifer bilan jixozlangan va yanada quvvatliroq ventilyatorga ega, bu apparatning unumdorligini oshiradi. Apparatda purkagich mavjud.



133-rasm. 2-AG apparati

Gaz quvurlari tizimi rezinalashtirilgan matodan tikilgan va o’zaro rezinali manjetlar bilan birlashtirilgan shlanglardan iborat. Shlanglar muftalar yordamida kollektorlarga, oxirgilari esa fumigasiyadan oldin don uyumi ichiga solib quyiladigan gaz taqsimlovchi quvurlarga ulanadi.


AG tipidagi apparatlarni qo’llash tajribasi shuni kursatdiki, ular nafaqat don massalarini dezinseksiyalashga, hatto omborxonalar, elevatorlar va un tortish zavodlarini ham dezinseksiyalash uchun yaroqli ekan. Bu apparatlarni aktiv shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan omborxonalardagi donlarni fumigasiyalash uchun ham qo’llash mumkin.
AG apparatlarini qo’llaganda fumigasiyaga ketadigan sarf-harajatlar fumigantlarni qo’lda taqsimlashga qaraganda kamroq. Bundan tashqari, gazlash jarayonida ishtirok etadigan ishchilarning mehnat sharoitlari yaxshilanadi, fumigantlar va donlar tejaladi. Apparatlarni qo’llaganda ularni ekspluatasiya qilish bo’yicha yo’riqnomaga qatiy rioya qilish zarur.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling