13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Profilaktik (ogohlantiruvchi) tadbirlar


Download 0.54 Mb.
bet16/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Profilaktik (ogohlantiruvchi) tadbirlar. Bu tadbir asosan kalamushlar va sichqonlarni don mahsulotlari saqlanadigan joylarga va korxona xududiga kirishiga to’sqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu omborxonalarga va boshqa ishlab chiqarish xonalariga qo’yiladigan talablarda ko’zda tutilgan.
Kalamushlar xonalarga kirmasligi uchun binolarning poydevorlari va pollari yaxshi qurilgan bo’lishi, shamollatish uchun qo’yilgan kanallarning barcha kirish teshiklari va derazalariga sim to’r qoqish, eshiklarning pastiga eni 30 sm bo’lgan po’lat tunukalar qoqish, eshik va ostonalar zichligiga e’tibor berish va x.k. Elektr o’tkazkichlar, oqava suv quvurlari va issiqlik tarmoqlari o’tadigan barcha joylar betonlashtirilgan bo’lishi kerak.
Barcha xonalarda va hududlarda tozalikka rioya qilish va uni saqlash, don mahsulotlari hamda chiqindilarni to’g’ri saqlash va boshqalar kemiruvchilarga qarshi kurashning zaruriy shartlari hisoblanadi. Don mahsulotlarini iste’mol qilgandan keyin kemiruvchilarda suvga bo’lgan ehtiyoj oshadi, shuning uchun imkon qahar ularning suv ichish manbalarini quritish kemiruvchilarni hududni tashlab ketishlariga majbur qiluvchi yaxshi vosita hisoblanadi. Suvni chiqarib tashlovchi manbalar shunday qurilishi kerakki, ularda oqava suvlar ushlanib qolmasin.
Kalamushsimon kemiruvchilar borligini va ularning joylashish zichligini aniqlash, ularga qarshi kurash vositalari va usullarini tanlash uchun barcha obyektlar har oyda tekshirib turiladi. Kemiruvchilarning ko’payish (mart-aprel) va kuzda omborxonalarga ko’chish davrlarida (oktyabr-noyabrda) bunday nazoratlar bir oyda ikki marta o’tkaziladi.
Kemiruvchilarga qarshi kurashning qiruvchi tadbirlari quyidagilardan iborat: ularni tutish (mexanik usul); kimyoviy vositalarni qo’llash (kimyoviy deratizasiya); hayvonlar va turli yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar olamidan kemiruvchilarning tabiiy qo’shmanlarini qo’llash (biologik usul).
Elevatorlar, omborxonalar, un tortish, yorma va omixta yem zavodlarida dastlabki ikkita usul qo’llaniladi.
Tutish - kemiruvchilarni yo’qotishning qadimgi usuli bo’lib, tadbir yaxshi tashkil qilinganda kemiruvchilar joylashuvi zichligi unchalik katta bo’lmagan holatlarda yaxshi samarali bo’ladi. Kemiruvchilarni tutish uchun ishlab chiqarilgan yoki qo’lbola usulda tayyorlangan turli mexanik qurollar (tuzoqlar, kirtil (voronkasimon savat), qopqonlar) dan foydalaniladi. Barcha tutish qurollari ikki tipga bo’linadi: bir martalik prujinali qopqonlar va ko’p martali tuzoqlar. Yem joylashtirilgan tuzoqlar kemiruvchilar ko’prok bo’ladigan joylarga yoki ularning inlari yoniga qo’yiladi.
Kemiruvchilarni kirishning asosiy usuli - kimyoviy deratizasiyadir. Kimyoviy deratizasiyaning uch usuli ma’lum: zaharlovchi moddalarning bug’’lari bilan zaharlash (gazli deratizasiya); zaharlardan foydalanib zaharlovchi yemlarni qo’llash; ob’yektlarga zaharlovchi moddalar sepish.
Korxonalarda kimyoviy vositalarni qo’llash orqali deratizasiyalash doimiy o’tkaziladi. Kimyoviy deratizasiya tadbirlari don mahsulotlarini himoya qilish ekspedisiyasi mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi.
Gazli deratizasiya omborxonalardagi va inlardagi kemiruvchilarni yo’qotish uchun samarali vosita hisoblanadi. Ayrim holatlarda don bilan to’ldirilgan omborxonalarni gazli deratizasiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda suyuq fumigantlar mahsulotga tushmasligi uchun barcha choralar ko’riladi.
Gazli zararsizlantirish uchun 242 preparat, metil bromid va metalilxlorid ishlatiladi. Urug’lik don omborxonalarida faqat metallilxlorid ishlatiladi. Kalamushlar va sichqonlar zaharlovchi moddalarning ta’siriga juda sezgir bo’ladilar, shuning uchun xonalar yoki inlarni gazasiyalash uchun bu zaharlovchi moddalarning kichik dozalaridan foydalaniladi: xonaning har 1 m3 uchun 242 preparati- dan - 1 g. metil bromiddan - 2 g va metalilxloriddan - 3 g.
Kemiruvchilarni inlarida zaharlash uchun 242 preparatiga botirilgan zig’ir poyasining dag’al tolasi yoki paxta bo’laklaridan foydalaniladi. Bitta inga 5 g preparat sarflanadi. Preparatni solishdan keyin inlar yaxshilab yopiladi. Gazasiya muddati tugagandan so’ng xonalar va inlar degazasiya qilinadi, kemiruvchilarning o’liklari terib olinib kuydiriladi. Zaharlangan yemlarni tayyorlash resepta juda ko’p, ular deratizasiya buyicha maxsus yo’riqnomada bayon etilgan. Kemiruvchilarni zaharlash samaradorligi zaharlangan yemlarni tayyorlash texnikasiga, ularning tozaligiga va ob’yektlar bo’yicha joylashtirishning to’g’riligiga bog’lik. Zaharlangan yemlar tayyorlangan kunidayoq ishlatilishi lozim. Zaharlangan yemlar uzoq ta’sir qiluvchi ham bo’lishi mumkin. Masalan: quruq galet ko’rinishida, dorilangan donlar ko’rinishida va boshqalar.
Zaharlangan yemlarni tayyorlash texnikasi qo’llanilayotgan mahsulotlarning turiga va zaharlarning xossalariga bog’lik.
Zaharlangan yemlarni tayyorlashning keng tarqalgan usuli - oziq-ovqat mahsulotlarini zaharga aralashtirish. Bu har bir turkum yemda zaharning metallik dozasi bo’lishini kafolatlaydi. Zaharlangan yemlarni tayyorlashning boshqa usuli - bu mahsulotlarni zaharga shimdirib olish.
Kridalarga rioya qilib tayyorlangan zaharli yemlarni maxsus qutilarga yoki kemiruvchilarning inlariga joylashtiriladi. Zaharlangan yemlarni saqlashga muljallangan maxsus qutilarni qo’llash bunday yemlar mahsulotlarga tushishini oldini oladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling