13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari


Turli ob’yektlarni zararsizlantirishning kimyoviy usullari


Download 0.54 Mb.
bet5/17
Sana08.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1083898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash

Turli ob’yektlarni zararsizlantirishning kimyoviy usullari
Bir qator mamlakatlarda kemiruvchilarni kimyoviy dezinseksiyalash va qirish (deratizasiyalash) usullari keng qo’llaniladi. Kimyoviy dezinseksiyalash va deratizasiyalash uchun shunday moddalar ishlatiladiki, ularning oz miqdori ham hasharotlar, kanalar va kemiruvchilar organizmining hayot faoliyatini buzib, ularning o’limiga olib keladi. Hozirda zararkunandalarga qarshi kurashda qo’llaniladigan 50 dan ortiq preparatlar ma’lum. Zararkunandalarni yo’qotish uchun ishlatiladigan hamma zararli kimyoviy moddalar pestisidlar deb ataladi. 





131-rasm. Donni radiatsion dezinfeksiyalashning funksional sxemasi:
1 - elektronlarni tezlatuvchi; 2 - don oqimini hosil qiluvchi zadvijka;3 - bunker; 4 - don sathini belgilovchi datchiklar; 5 - tez harakat qiluvchiz advijka; 6 - donni tarqatib yuborish kanali; 7 - asperatsion kamera;8 - dempfer (tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob); 9 - don oqimini qayta taqsimlovchi kamera; 10- dempfer bunkerida don sathini ushlabturuvchi avtomat.

Zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladigan moddalar hayvonlar va inson uchun u yoki bu harajada zaharlidir. Shuning uchun kimyoviy dezinseksiyalash vositalarini qo’llash va uni o’tkazish texnikasi inson va hayvonlarni zaharlar ta’siridan himoyalash va ular tomonidan atrof-muhit ifloslanishini oldini olishga yo’naltirilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.


Tayyorlov tizimida kimyoviy zarasizlantirish ishlari don malsulotlarini himoya qilish buyicha maxsus xududiy ekspedisiya kuchlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu ekspedisiyalar malakali entomolog va texnolog kadrlarga ega bo’lib, ular korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalari asosida ishlaydilar.
Don mahsulotlarini saqlash va wayta ishlash tizimida qo’llaniladigan barcha zaharli moddalarni bir qator belgilari buyicha tasniflash mumkin:
- qo’llash obyektiga ko’ra;
- zararkunandaning organizmiga kirib olish usuliga va unta ta’sir qilish harakteriga ko’ra;
- kimyoviy tarkibi va xossalariga ko’ra;
- qo’llash usuliga ko’ra.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling