13 ma'ruza: Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari
Don zahiralarining zararkunandalariga qarshi kurashning kiruvchi choralari
Download 0.54 Mb.
|
Don zaxiralarining zararkunandalariga qarshi kurash choralari saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik-mexanik dezinfeksiya.
Don zahiralarining zararkunandalariga qarshi kurashning kiruvchi choralari.
Turli obyektlardagi hasharotlar va kanalarni yo’qotishga yo’naltirilgan barcha kiruvchi choralar dezinseksiya deb ataladi. Turli xil omborxonalar va transport vositalarining bo’lishi, don mahsulotlarining har xilligi va ular turli maqsaqlarda qo’llanilishi, turli xildagi zararkunandalar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, korxonalarning geografik joylashuvi va shunga bog’liq bo’lgan iqlim sharoitlari, turli prinsiplarga asoslangan dezinseksiya vositalarini ishlab chiqilishiga olib keldi. Quyidagilarni hisobga olib dezinseksiya usuli tanlanadi: - zararsizlantirilayotgan ob’yektning harakteristikasini; - ob’yektning zararkunandalar bilan zararlanish harajasini va zararkunandalar turini; - korxonaning texnik imqoniyatini; - dezinseksiya o’tkazish muddatini; - dezinseksiya bo’yicha ishlarning narxini. Hozirda qo’llanilayotgan dezinseksiya usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: - fizik-mexanik; - kimyoviy. Fizik-mexanik dezinfeksiya. Usullarning bu guruhga obyektlarni mexanik tozalash, termik ta’sir etish va turli xil nurlanishlarni qo’llash kiradi. Mexanik tozalashni zararsizlantirishning yordamchi vositasi sifatida omborxonalarni, don quritkichlarni, un tortish, yorma va omixta yem zavodlarini, tara va tashuvchi vositalarni kimyoviy dezinseksiyalashdan oldin qo’llanadi. U don va don mahsulotlari zararlanishini pasaytiruvchi vosita sifatida ham qo’llanadi. Biroq, mexanik tozalashning barcha holatlarida ham ob’yektlarni to’la zarar- sizlantirilganligiga kafolat berilmaydi. Bu hasharotlar va kanalarning (ayniqsa tuxumlarining) maydaligi va ular tozalash paytida yoriqlar va chuqurchalarga kirib olishiga bog’liq. Mexanik tozalash yo’li bilan ma’lum muddat zararlanishni pasaytirish mumkin. Ba’zan bu usul qo’llanilganda zararkunandalar ma’lum vaqtgacha yoki umuman ko’rinmay qoladi. Qulay sharoit bo’lganda qolgan zararkunandalar yana ko’payib, ob’yektning zararlanish harajasini oshiradilar. Omborxonalar, elevatorlar, un tortish zavodlari va boshqa obyektlarni kurakchalar va chang yutkichlar yordamida mexanik tozalash texnikasi don zaxirasi zararkunandalariga qarshi kurash bo’yicha amaldagi yo’riqnomada batafsil yoritilgan. Don, un va yorma turkumlarini mexanik usulda zararlantirish - bu mahsulotlarni turli mashinalarda separatsiyalashdir. Asosiy mahsulot zarrachalarining o’lchamlariga nisbatan yirikroq zararkunandalardan mahsulotlarni elaklash orqali quto’lish mumkin. Elaklash paytida un ichida yashab turgan barcha kungizlarning va kanalarning lichinkalari, qurti va g’umbaklari yaxshi ajraladi (elakdan o’tmay qoladi). Zararkunandalarni yormadan ajratib olish ancha qiyinroq kechadi. Don turkumlarini elakli don tozalash mashinalaridan o’tkazish hamda havo bilan separatsiyalash orqali zararkunandalardan tozalanadi. Odatda, bu ishni don turkumlarini begona aralashmalardan tozalash bilan birga olib boradilar. Don massalarini zararsizlantirish uchun maxsus tozalashni faqatgina quyidagi holatlardagina o’tkazish maqsadga muvofiq; - zararlanishning keyinchalik o’sishi, saqlanayotgan don yoki urug’lar sifati yomonlashuvi kutilsa-da, dezinseksiyaning radikal (tub va keskin chora kuruvchi) vositalarini qo’llashga imqon bo’lmasa; - agar qisman zararlantirish bilan birgalikda don massasida qolib ketgan zararkunandalarni yashashi uchun noqulay sharoitlar yaratilganda, ya’ni bu yilning sovuq; davrida don massasini sovitishga erishish bilan birga tozalashni tashkil qilish paytida sodir bo’ladi; - realizasiyadan oldin. Fumigasiyadan oldin mexanik tozalashni o’tkazish shart emas. Don mahsulotlarini mexanik tozalash shunday tashkil qilinishi kerakki, bunda zararkunandalarni boshqa obyektlarga tarqalish imqoni bo’lmasin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling