Isiriq (Xazonisfand) - Reganum kо‘p yillik o‘t, barglari navbatlashib joylashgan. Gul
novdalarini uchida, gulli gul tuplamlarida. kosachasi 5 ta, toj barglari 5 ta ok rangli, changchisi
12-15 ta, tugunchasi 2-3 chanokli, urug‘i endospermli, uch kirrali. Turkumning Peganum harmala-
isirik nomi bilan yuritiladigan, balandligi 40-50 sm bо‘lgan bо‘lgan turi loy tuproqli, kum tuproqli
va shagal aralash mayin tuproqli chullarida keng tarqalgan. Isiriq xalq va ilmiy tabobatda keng
kullaniladigan dorivor о‘simlik hisoblanadi. О‘simlikning barcha qismlari alkolloidlarga boy.
Oilaning chul va adirlarda keng tarqalgan tuyatovon - Zygophyllum, Kum uzum - Nitraria
deb ataladigan turkumlari xam tarqalgan. Bu turkumlarni Taxtadjyan uz sistemasida
Zygophyllaccae, Nitrariaceae va Peganaceae oilalariga bо‘ladi. Biz bularni О‘rta Osiyo va
O‘zbekiston florasida bitta oila tarkibida ekanligini inobatga olgan holda bir oila tarkibida
bulishini ma’kul topdik.
Zig‘irdoshlar (Linaceae) oilasi. Bir yilik, kо‘p yillik o‘t, qisman xollarda butacha va lian
hayot shaklidagi о‘simliklar. Oilaning 9 turkumga mansub 300 turi subtropik va о‘rta iqlimli
mintaqalarda, xususan Janubiy Xitoy, Xindiston, Amerikaning tropik qismida, Kavkaz, Ukraina,
Belorussiya va О‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Uzbeksitonda zigirlarning yovvoyi L massa getovi-
yovvoyi turi va L vulgare nomi bilan ataladigan turlari tarqalgan. Bular bir yillik o‘t. Barglari
oddiy, bandsiz, chetlari kirkilmagan, butun, navbatlashib joylashgan. Gullari ruvak shaklidagi gul
tuplamlarida. Gul formulasi: Ca
5
Co
3
A
5 0
+
G
( )
5
. Urug‘chisi 5 meva bargidan shakllangan
tugunchasi 5 chanokli. urug‘chining usutunchasi 5 tumshuqli, mevasi kо‘sakcha, urug‘i
endospermli. Undan tola va xalk xujaligi uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan yog olinadi.
O‘zbekistonda uning balandligi 30-70 sm ekma о‘simlik-Linum dowesticum va L. Humula deb
ataladigan turlari dexkonchilikda keng kullaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |