14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet11/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

-cha/-chә affiksi bilan yasalgan ravish ish-harakatning holati, miqdori, darajasi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki biror harakat belgisining boshqa harakat belgisiga o‘xshashligini ko‘rsatadi. Bu affiks turli so‘zlarga qo‘shilib ravish yasaydi:
1. Otga qo‘shiladi: Alar ham tүrkchә ayturlar (Navoiy ML).
2. Kishilik va ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shiladi: Dunyāda bar-mu ekәn menchә yaman (ShN). Hech kimgә senchә bermәdi, ayyār, qash-u kөz (Lutfiy).
3. Sifatga qo‘shiladi: Pādshāhzādalarnың ulug’ыna ulug’cha va kichiginә kichikchә berdi (Sh.tar.).
g’acha/-gәchә/-qacha/-kәchә affiksi jo‘nalish kelishigiga cha/-chә affiksi qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan qo‘shma affiks bo‘lib, ot, sifat, olmosh, ravish turkumidagi so‘zlardan ravish yasaydi: Tүngәchә urmaq edi kөksigә tash (Navoiy,MQ). Ushbu haftag’acha yoq erdi xabar (ShN).
-tek/-dek affiksi o‘xshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni ifodalovchi ravish yasaydi: Sakkākiy kөz yashыn yaz yamg’urы-tek yag’durur (Sakkokiy). Kөrmәgәn bir sen-dke ahli rozg’ār (Navoiy).
-la/-lә affiksi payt ma’nosidagi otlarga, asosan, taң, tun so‘zlariga qo‘shilib payt ravishi yasaydi: Tүnlә-oq yetti oshul qorg’ang’a (ShN). Emdi taңla bu sөz Abid xāng’a yetәr (Sh.turk).
-āna affiksi otga qo‘shilib, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosidagi ravish yasaydi. O‘zbek tiliga bu forma eron tillaridan o‘zlashtirilgan: Seni men өltүrүr-men, teb ayttы turkāna (Sakkokiy). Xeyli mardāna yigit edi (BN).
-an affiksi eski o‘zbek tilida kam iste’molda bo‘lgan: Ulug’lыg’ы taxminan on qarы bolg’ay (BN).
Eski o‘zbek tilidagi ravishlarni ham ma’no jihatdan quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1. Holat ravishlari: āhista, ravān, āsān, āgāh, tүrkchә, āshыqāna.
2. Payt ravishlari: tүnlә, hargiz, nāgāh, hamisha, damādam, dambadam, har dam, har lahza, avval, hālā.

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling