14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik formalari


Download 64.52 Kb.
bet5/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

Buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik formalari.
Eski o‘zbek tilida buyruq-istak maylining II shaxs ko‘pligi uchun quyidagi formalar qo‘llangan:
(undoshdan keyin: -ıŋ/-iŋ//-uŋ/-үŋ). Eski o‘zbek tilining barcha davrlarida keng qo‘llangan: Ey pari ruxsarlar, bizgә nigah әylәb otıŋ // bir nazar birlә gadanı padshah әylәb otıŋ (Lutfiy).Өzgә qılmaŋ bu degәn sөzүmni (ShN).
-ŋız/-ŋiz (undoshdan keyin: -ıŋız/-iŋiz//-uŋız/-uŋiz//-uŋuz/-үŋүz). Bu forma eski o‘zbek tilida nisbatan kam qo‘llangan: Ahbab, yigitlikni g‘animat tutuŋuz // өzni qarılıq mehnatıdın qorqutuŋuz (Navoiy MQ). Bu kishigә ul chaqlı nimәrsә beriŋiz (Sh.tar.)
-ŋlar/-nlәr (undoshdan keyin: -ıŋlar/--iŋlәr//-uŋlar/-үŋlәr) bilan yasalgan forma eski o‘zbek tilida kam qo‘llangan: Anda barıb, otav suqub keliŋlәr (Sh.tar.). Xizmatımı yaxshı qqılıŋlar bilib (Muqimiy).
-ŋızlar/-ŋizlәr (undoshdan keyin: -ıŋızlar/-iŋizlәr) affiksi bilan yasalgan forma ham eski o‘zbek tilida kam qo‘llangan: Atayi haqın anda istәŋizlәr (Atoiy). Faryad qılıb aytıb turur: meni өtkәziŋizlәr teb (Sh.tar.).
III shaxs formalari. Buyruq-istak maylining III shaxs birlik formasi eski o‘zbek tilida –sun/-sүn affiksi bilan hosil qilingan (barsun, kelsүn), ko‘plik formasi esa birlik formasiga –lar/-lәr affiksini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi (barsunlar, kelsүnlәr). Bu affiksning –sın/-sin formasi o‘tmishda o‘g‘uz va qipchoq gruppasidagi turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lib, o‘zbek tilida asoan XIX asrdan boshlab uchraydi.
Alisher Navoiy asarlarida buyruq-istak maylining III shaxs birlik ma’nosi fe’l negiziga –dik qo‘shilishi bilan ham ifodalangan. Chekibtүr sa’y etib bisyar-bisyar / yudik bashtın ayaq zinhār-zinhār. Yug‘andın soŋ suyub ayvandın aldik / haririn suvg‘a yāxud otg‘a saldik (Farhod va Shirin).
Keltirilgan misollardagi yudik, aldik, saldik fe’llari yuvsin, olsin, solsin ma’nosini ifodalaydi. Navoiy asarlarida buyruq-istak mayli ma’nosi fe’l negiziga -dik/-tik qo‘shilishi bilan ham ifodalangan, ya’ni barsun, kelsün, qachsun, kechsün ma’nosida bardik, keldik, qachtik, kechtik shakli qo‘llangan. Va har kishigа bu babda taraddud bo‘lsa, ...ul kitabni aldik va bu mahallini tapib nazar saldik va bildik ki, ulcha men ta’rifida tahrir qilib-men, taqsir qilibmen (Navoiy, ML).
Emdi өz halidadur, berdik javäb,
Ulcha biz aŋa avval qilduq xitab. (Navoiy, LT).
Chekibtür sa’y etib bisyãr-bisyãr,
Yuvdik bäshtin ayäq zinhär-zinhär.
Yuvg‘andin soŋ suyub ayvandin aldik,
Haririn suvg‘a yähud otg‘a saldik. (Navoiy, FSH).
Qän kibi kөrgän shähi azadani,
Kordik aniŋ gavhari shahzädani. (Navoiy, HA).
Telba kөŋlümni, Naväiy, zabt äyläy älmadin,
Emdi chek andin elik har sari barsa-bardik. (Navoiy, MSh)
Shart mayli. Shart mayli formasining yasalishida eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida deyarli farq yo‘q.
Shart mayli affiksi eski o‘zbek tilida –sa/-sә ko‘rinishida qo‘llangan: barsa,kelsә kabi. Bu affiks dastlab –sar/-sәr formasida qo‘llangan: barsar, kelsәr kabi.

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling