14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet9/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

Fe’l darajalari
Eski o‘zbek tilida ham fe’l darajalarining quyidagi turlari mavjud bo‘lgan: bosh daraja, o‘zlik daraja, majhul daraja, birgalik daraja, orttirma daraja.
Fe’l darajalarining yasalishi va ma’nosiga ko‘ra ayrim o‘zgachaliklardan tashqari, eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida deyarli farq yo‘q.
Fe’lning bosh darajasi morfologik ko‘rsatkichga ega emas. Boshqa daraja shakllari bosh darajadagi fe’llarga maxsus affikslar orttirilishi bilan hosil bo‘ladi.
O‘zlik darajaning asosiy ko‘rsatkichini -n (-in/-in//-un/-ün) affiksi tashkil etadi: Yusuf ul boläkkä sevündi (QR).Yolda qattig‘ saqlang‘il (NF) Kuydi, өtandi g‘am otinda ichim tashim meniŋ (Atoiy). Hargiz andaq dilpazir kөrünmas kim, ... (Navoiy, Msh). On alti qatla chumundum (BN). Og‘uz xang‘a baqinmadi (Sh.tar.).
Majhul daraja shakli -l (-il /-ïl //-ul/-ül) affiksi bilan hosil bo‘ladi: Yarlig‘ izildi (Tafsir). Bu bag‘liq ishimga achg‘uch berildi (XSH). Majlis quruldi (MN). Qulluq arzadasht yakshanba kuni bitildi (Navoiy, MN). Sөz bilä alam eshigi achilur// so‘z bilä muncha javähir sächilur (SHN).
Birgalik daraja shakli -sh(-ish/-ish//-ush /-üsh) affiksi bilan hosil bo‘ladi. Bu daraja asosan quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
a) birgalik ma’nosi. Fatima Ali birla oturdi, yig‘lashdilar (Tafsir). Ikki qashi bash bir qilib, bilman, ne sөz sozlashtilar (Lutfiy). Barchasi qol tutushub chiqdilar (SHN). Qishlaq juvani yig‘lishib // issig‘da oynashg‘ay pishib (Muqimiy);
b) ish-harakatni bajarishda yordamlashish, bahslashish ma’nosini: Aniŋ birla sanchishur erdi (QR). Bir-ikki qatla ul taraf bu tarafdin qilich alishtilar (BN). Va taqi biri-biri birlan yag‘i bolub chapishurlar erdi (Sh.tar.)
Orttirma daraja ko‘p shaklli bo‘lishi bilan fe’lning boshqa darajalaridan ajralib turadi. Eski o‘zbek tilida quyidagi affikslar ishtirokida hosil bo‘lgan orttirma daraja shakllari amalda bo‘lgan:

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling