14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Ravishlarda daraja shakli


Download 64.52 Kb.
bet13/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

Ravishlarda daraja shakli
Ravishlarda ham sifatlardagi kabi -raq/-räk affiksi qo‘shilib daraja shakli hosil bo‘ladi. Bu shakl ish-harakat belgisining kuchli yo kuchsizligini ko‘rsatadi yoki boshqa ish-harakat belgisi bilan qiyoslanadi: Sizlar meniŋ üzä arquraq keliŋlar (Tafsir). Qayusi terkrak barur ermish, kөralim (QR). Mundin artuqraq ichmädi (O‘N). Buyurdi kim, ravanraq kelturuŋ at (Navoiy, FSH) Bu suv tüshar yerdin quyiraq ulug‘ kөl bolubtur (BN). Kechrak bir necha atliq... өtüb baradur (BN).
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1. Fe’l va uning sohalari (aspektlari).
2. 0‘timli-o‘timsiz, mumkinlik-nomumkinlikning eski o‘zbek, hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanishi.
3. Harakat nomining eski o‘zbek adabiy tilida shakllanishi va qo‘llanish vazifasi.
4. -mish va -duq shakllarining ma’nosi va vazifasidagi о‘zgarish.
5. Ravishdoshning eski о‘zbek tilidagi shakllari va vazifalari.
6. Mayl va zamon aloqasi. Shaxs-son shakllaridagi o‘zgarishlar.
7. Buyruq maylining I,II,III shaxs shakllarining eski o‘zbek tilida qo‘llanishi.
8. Shart fe’lining sodda va murakkab shakllari va qo‘llanishi.
9. Fe’lning -duq (-duk) va di(-du), mi, mu shakllarining ma’no va vazifalari.
10. Fe’lning -mish/mish shakllarining ma’nosidagi o‘zgarishlar.
11. -gay/-gay/-qay/-käy fe’l shakllarining qo‘llanish davrlari.
12. Fe’l daraja turlarining o‘zlik, majhul, orttirma shakl va ma’nolarining eski o‘zbek tilida qo‘llanishi.
13. Ravish va ko‘makchilar o‘rtasidagi shakliy va ma’nodagi umumiylik va farqlar.
14. Ravishning morfologik usul bilan yasalishi.
15. Ravishning sintaktik va morfologik-sintaktik yo‘l bilan yasalishi.


Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling