14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet12/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

3. O‘rin ravishlari: har sarы, bu yer, bunda, anda.
4. Daraja-miqdor ravishlari: az, kөp, bүrgүtchә, menchә, ulug’cha, g’āyat, bag’āyat.
5. Chegaralov ravishlari: haftag‘acha, kөkkәchә, xususan, G‘aznig‘acha, axshāmg‘acha, bataxsis.
6. O‘xshatish ravishlari: lāladek, burung‘idek, inang‘udek, yegүtek, paritek.
7. Juft ravishlar. Eski o‘zbek tilidagi juft ravishlarning ko‘pchilik qismi ot turkumidagi so‘zlarning ravishga ko‘chishidan hosil bo‘lgan: Yana tun-kun bardыlar (Tafsir). Qazar erdi arыg’nы kecha-kunduz (Navoiy,FSh).
Kompozitsiya yo‘li bilan ravish yasalishi. Bu guruhni qo‘shma va juft ravishlar tashkil etadi. Qo‘shma ravishlar. Sintaktik usul bilan ravish yasalishi bo‘yicha eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida deyarli farq yo‘q. Qo‘shma ravishlar quyidagi so‘zlar ishtirokida hosil bo‘ladi:
1. Bir so‘ziga payt, makon va shunga o‘xshash ma’nolarni ifodalovchi so‘zlaming qo‘shilishi bilan payt, o‘rin yoki holat ma’nosidagi qo‘shma ravishlar hosil boladi: Bir kün mushuk itni kordi (QR). Ne ajab, yetseŋ, Atayi, bir tun ul ay vaslina (Atoiy). Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Bir san yolim darya tutti (SHN). Besh miŋ-alti miŋ bir xil üchär (BN). Meni bir yerda muqim etküsidur (SHN). Nagah bir tarafg‘a qilsaŋ agar safar sen, ... (Muqimiy).
2. Har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi so‘zlar qo‘shilib, payt yoki o‘rin ma’nosidagi qo‘shma ravishlar hosil bo‘ladi: Har kün salamg‘a barur erdim (Tafsir). Har kecha yuzi yadi bila yig‘laram (Lutfiy). Otar yetti falaktin har sahar ahiŋ seniŋ (Atoiy). Özgä birla may ichar har qayda aniŋ rashkidin (Furqat). Har yerda barsaŋiz, qullug‘da bolur-siz (BN).
3. Ul, bu, ushbu, o‘shal ko‘rsatish olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi so‘zlar qo‘shilib, payt yoki o‘rin ma’nosidagi qo‘shma ravishlar hosil bo‘ladi: Ul kün aytg‘aymiz (Tafsir). Kөŋlüm ul yan tartadur (Lutfiy). Ul yerda qazi yoq ekandur (Navoiy, MN). Bu kecha Karmanda qonarlar (BN). Bu uchurda derlar kim ,...(Navoiy, MN). Bu qish qar bisyar ulug‘ tushiib erdi (BN). Ushbu yil Shaybaniyxan Chin sofini Xorazmda on ay muhasara qilib aldi (BN). Yoqsa davlatidin ushbu zamdn // bar edi qal’ag‘a chiqmaq asan (SHN).Oshal vaqt meniŋ xatirimg‘a yetti kim, ... (BN).
4. Hech, qay kabi so‘zlar ishtirokida ham qo‘shma ravishlar hosil bo‘ladi: Hech zamanda hech kim eshitken va kөrgan yoqtur (Sh.tar.). Sultan Muhammadni almag‘uncha hech yerda turman (Sh.turk). Raqib uyin sorar-sen “qay sari” deb (Atoiy). Dedi: qay chag‘din olduŋ ishq ara mast (Navoiy, FSH).
Juft ravishlar. Eski o‘zbek tilida ham turli so‘z turkumlaridan hosil bo‘lgan juft ravishlar amalda bo‘lgan. Bunday ravishlarning bir qismi juft so‘z shaklida, boshqalari takror so‘z shaklida bo‘ladi. Eski o‘zbek tilidagi juft ravishlarning ko‘pchilik qismini ot turkumidagi so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar tashkil etadi. Masalan: Yana tün-kün bardilar (Tafsir). Yüzüŋni sham kөrmish tün-kecha (Lutfiy). Erür ahvli kündin-künga behbud (Furqat). Qazar erdi arig‘ni kechä-kündüz (Navoiy, FSH). Qatra-qatra yig‘ilib, darya bo‘lur (Navoiy, MQ). Bu jins badana chir-dek xayl- xayl üchadur (Munis).
Sifat, olmosh, son, ravish, sifatdosh, ravishdosh shaklidagi so‘zlardan hosil bo‘lgan juft ravishlar eski o‘zbek tilida nisbatan kam qo‘llangan. Misollar: Navha birld yig‘ladi achchiq-achchiq (Navoiy, LT). Az-az өrganib, dana bolur (Navoiy, MQ). Tanbal ilgari өzge el qãchar-qãchmas bo‘lub turubtur (BN). Ne boldi, dushman oldiŋ janimg‘a bãra-bãra (Munis).

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling