14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari
Download 64.52 Kb.
|
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- -g‘uchi /-güchi //-quchi/ -küchi
- Ravishdosh shakllari
- -b, - a / -ä, u /-ü
-g‘an/-gän//-qan/-kän affiksli sifatdoshning qo‘llanishi, ma’no va vazifalari quyidagicha:
1. Shaxsning yoki narsaning harakati yoki holati bilan bog‘liq bo‘lgan belgisini ko‘rsatib, aniqlovchi yoki ega vazifasida keladi: Qattiq aqg‘an suv kөprüklär yiqar (XSH). Vafã qilg‘an kishilärgä vafã qil (MN). Olturg‘an yeri yaman erdi (Sh.tar.). Ashuqqan kөp tayilur, kөp tayilg‘an kөp yiqilur (Navoiy, MQ). Sөz erür she’rgä ravnaq bergan (SHN). 2. Egalik, ko‘plik shaklida qo‘llanadi: La’lig‘a jãn berganim g‘am tag‘inda ne fayda (Atoiy). Mubalag‘a qilg‘aniŋ ne yergä yetkäy (Navoiy, MQ). 3. Kelishiklar bilan turlanadi: Yalg‘an sөzlägänniŋ jäzasi bu turur (QR). Аtayi hälidin sorg‘ang‘a aytiŋ (Atoiy). Kelgänindä dilrabä, nägäh aqsham ketmäg‘il (Muqimiy). 4. Ko‘makchilar bilan qo‘llanadi: Bu sөzni eshitkаndin soŋ elgä kishilar yibardi (Sh.tar.). Tartiq tartqandin soŋra buyurdum (BN). Gavhar balchiqqa tushkän bilä qimmati ushalmas va өz bahasidin qalmas (Navoiy, MQ). Mastlar üchkän käbi ul yerdä xushidin ketаr (Muqimiy). -g‘uchi /-güchi //-quchi/ -küchi affiksli shakl -g‘u / -gü //-qu // -kü affiksli sifatdoshga shaxs otini yasovchi -chi/-chi affiksi qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan. Shuning uchun ham-g‘uchi /-güchi //-quchi/ -küchi affiksli sifatdoshlarda fe’llik xususiyati kuchsizlangan bo‘lib, ot turkumiga yaqin turadi. Oshul tag‘ qazg‘uchi Farhadni kөrsün (XSH). Quyashniŋ esiz kөzni qaytarg‘uchi qudrati bar (QR). Men kezgüchi qulniŋ tururin siz sorar-siz (Lutfiy). Seni vasf etküchi tili läl kerаk (SHN). Ravishdosh shakllari Ravishdosh shaklidagi fe’l boshqa fe’lga, asosan, tuslanuvchi fe’lga bog‘lanib keladi va o‘zi bog‘langan fe’ldan anglashilgan ish-harakatning belgisini, bajarilish holatini bildiradi. Ravishdosh shaklini yasovchi affikslar eski o‘zbek tilida ham tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) sodda affikslar -b, - a / -ä, u /-ü affikslari shu guruhni tashkil etadi. Bu affikslar bilan yasaluvchi shakllarni ravishdoshning birlamchi shakllari deb atash mumkin; 2) qo‘shma affikslar. Bu guruhni quyidagi affikslar tashkil etadi: -ban/-bаn, -may/-mäy(mayin/-mаyin, madin /-mаdin), g‘ali/-gаli//-qali /-kаli, -g‘ach /-gаch // qach /-kach, -g‘uncha / -günchа //-quncha /-künchä, -mishcha /-mishchа, -duqcha / -dükchа,-g‘ancha /-gаnchä. Bu affikslar bilan yasaluvchi shakllarni qulaylik uchun shartli ravishda ravishdoshning murakkab shakllari deb atash mumkin. Bãriban piri kardän qãshig‘a // hãlini äyläg‘äy ayän qãshig‘a (Navoiy,SS). Bãribän ani keltürdüm andin//hãsilãn ani yetürdüm andin (SHN). Atam sөzin tutmadin, kemigä kirmаdin suvg‘a g‘arqa boldum (Tafsir). Aŋa ag‘a bilmаdin qazuqlar yändilar (QR). Ijazat tilаmаdin sarayqa kirdi (NF). Ravän sөzlаmаdin indi atindin (XSH). Haddinŋi bilmäyin meni sevdi deban, yazg‘urmag‘il (Lutfiy). Ishq ara kөrmäyin jahan kөzigä // tutmish olg‘ay өlümni ham өzigä (Navoiy, SS). Chaynamayin yegänlär kavshamayin ketärlär(Gulxaniy). Vaslida jan bermäyin hajrig‘a boldum asir (Munis). Otluq kөzüŋni kөrgäli bag‘rim kabäb erür // sizdin ne yashuray, kөŋul ishi xarab erür (Lutfiy). Isfandiyär xän yurt älg‘ani bir yil boldi (Sh.turk). Ölg‘äli yetti Atoiy ul qadd-u qämat üchün(Atoiy). Xumär ichrä men өlgäli yetmishäm qadah tut meŋä, saqiya, lab-balab (Munis). Seniŋ ätin eshitkäch yerlаr өpkаy (MN). Chag‘ir eshitkäch achchiq üstindin tedi kim,...(Amiriy). Ikki-üch küп өtkаch, ... ul nãvãhilarg‘a yiberildi (BN). Biz kelgünchä Yusufni bori yemish (QR). Ey Navaiy, bilki, taŋ atquncha yig‘lar har kechä (Navoiy, G‘S). Kөz yumub achqucha jarlardin өtüb(SHN). Men barg‘uncha yana bir täshni tayyar qilsun (BN). Barib kelgüncha өtmishdi zamän kop (Furqat). Küchüm yetkünchä kөp qildim vafãlar (MN). Yüz achg‘il, kөz seni toyguncha kөrsün (Lutfiy). Ichida bir ordu tüshküncha yer bolg‘ay (BN). Download 64.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling