15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish


Asfaltobeton qoplamalarini joriy ta’mirlashda asosiy ishlarga


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1572902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Amaliy

Asfaltobeton qoplamalarini joriy ta’mirlashda asosiy ishlarga yoriqlar, 
o‘yiqlar, do‘ngliklar va organik bog‘lovchilar erib oqqan joylarni, g‘ildirak izini, 
qoplama chetining sinig‘i va notekisliklarini bartaraf qilish kiradi. Bu ishlarga bahor 
mavsumida iliq kunlar va barqaror ob-havo boshlanganda kirishiladi. Ishlar shunday 
tashkil etilishi kerakki, barcha nuqsonlar iloji boricha qisqa muddatda bartaraf 
etilishi lozim. Issiq kunlarda paydo bo‘lgan shikastlar, aniqlangan zahoti tuzatilishi 
kerak.
Yoriqlar erta bahor va kuzda yopib yuboriladi; yozda esa ertalabki salqinda 
tuzatiladi; bu paytda yoriqlar kengroq ochilgan va quruq bo‘ladi. Yoriq yanada keng 
bo‘lsa, chuqurligining 2/3 qismigacha mastika quyib, ustiga sovuq asfaltbeton 
tashlanadi.
Bitum va mastika yoriq ichini yaxshi to‘ldirishi va devorlarga yaxshi 
yopishishi kerak, shunda qoplama ichiga suv o‘tmaydi. 


Sementobeton qoplamalardagi deformatsiya choklarini ta’mirlashda, 
katta yoriqlarni ta’mirlagandagidek texnologiya qo‘llanadi. Bunda kompressor, 
pnevmo asboblar, bitum quygichlar ishlatiladi. Ba’zi mamlakatlarda yoriqlarni 
epoksid smolali qum aralashma bilan yopiladi. G‘ovaklar, mayda o‘yiqlar, 
plitalarning sho‘ralash joylari, sement va polimerbeton qorishma, suyuq shisha 
asosidagi qorishmalar bilan tuzatiladi. Beton etarli darajada qotgunicha uchastkada 
transport qatnovini to‘xtatish mumkin bo‘lganda, sementbeton qorishma qo‘llanadi. 
Ba’zi hollarda asfaltbeton qorishma ham ishlatish mumkin. 
 
Sementbeton qoplamalari deformatsiya choklarini ta’mirlash 
 
Ishni tashkil qilish prinsiplari. Yo‘llarni saqlash va ularni ta’mirlash 
ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: xilma-xillik (saqlashdagi oddiy 
ishlardan tortib to ta’mirdagi eng murakkab ishlargacha); yo‘ldan foydalanish 
tashkilot (TYXPTFDK) lari (keyingi o‘rinlarda korxona deb ataladi) xizmat 
ko‘rsatadigan yo‘l tarmoqlarining turkumlari va ish hajmlari bir xil emasligi; 
ob’ektlarni o‘zaro uzoqligi; grunt, gidrotexnik, gidrogeologik va iqlim sharoitlariga 
bog‘liqligi; ishlarning mavsumiyligi; korxona bo‘g‘inlarining har xil moddiy-texnik 
ta’minlanganligi; resurslarning cheklanganligi va x.k dan iborat.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling