15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1572902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Amaliy

 
Joriy tamirlash – yil davomida yo‘llarning butun uzunligi bo‘yicha, yo‘l va 
yo‘l inshootlaridagi konstruktiv elementlarning kichik hajmdagi buzilishlarini 
tuzatish va ularni paydo bo‘lmaslik choralarini ko‘rish ishlarini bajarishdan iborat. 
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o‘lchov birligida rejalashtiriladi. 
Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv 
qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi 
inshootlardagi, paromda o‘tish joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va 
infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy 
obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga 
keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv elementlarini va 
sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va 
boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda 
ishlarni amalga oshirishdan iborat. 
Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar 
bajariladi



sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish; 

barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni
chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to‘g‘rilash, 
qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash; 

chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan 
ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish; 

kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni 
changsizlashtirish; 

ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha mahsulot 
ishlatmasdan to‘g‘rilash; 

Yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi 
o‘tlarni o‘rish. 
Qoplamalarni joriy ta’mirlash boshqa muhandislik inshootlari kabi,
belgilangan xizmat muddatiga mo‘ljallangan bo‘lib, u har xil turdagi va o‘lchamdagi 
transport va ob-havo sharoitidagi omillarning ta’sir etishiga bog‘liq. Eng birinchi va 
eng ko‘p himoya qilinmagan ta’sirlarni boshdan kechiradigan element, asfaltbeton 
va qora qoplamalar hisoblanadi.
Natijada, yuzlab va minglab yuklanishlar, qoplamaning emirilishi va eskirishi, 
gohida ularning boshlang‘ich sifati unchalik yuqori emasligi yoki alohida yo‘l-
qurilish operatsiyalarining to‘la-to‘kis bo‘lmasligi va noto‘g‘ri bajarilishi, asosan 
zichlash, vaqt o‘tishi bilan unda nuqsonlar, deformatsiyalar va buzilishlar (g‘adir-
budirliklar, uvalanish, notekisliklar, darzlar, sinish, chuqurliklar, sirpanchiqlar va 
hokazo) sodir bo‘ladi.
Butun dunyoda yo‘l xizmatchilari, xar yili mavsumiy paydo bo‘lgan nuqson 
va buzilishlarni bartaraf etish buyicha, ulkan xajmdagi ishlarni bajaradilar.
Amaliyotdan ma’lumki, har yili yo‘lning qoplama yuzasi yoki 
uchastkalarning umumiy maydoni 2-3 % gacha bo‘lgan qoplama qismi mahalliy 
ta’mirlanishlarga muhtoj bo‘lishi mumkin.
SHunga o‘xshash, yo‘l qoplamasini «tuzatish» ishlari har xil uslublar, vosita 
va ashyolar, sifatni aniqlaydigan asboblar, xizmat muddati va bahosi, ya’ni 
ta’mirlash ishlarining samaradorligi bilan belgilanib, amalga oshiriladi.
Bu ishlardan asosiy maqsad foydalaniladigan yo‘llarda avtomobil transporti 
oqimi harakatini belgilangan tezlikda uzluksiz xavfsiz harakatlanishini ta’minlab 
berishdir.  

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling