15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash
ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash - avtomobil yo‘lining
butun
uzunligida yil mobaynida, avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda
shikastlanishlari oldini olish va tuzatish yo‘li bilan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni
saqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari majmui;
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o‘lchov birligida rejalashtiriladi.
Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv
qochirish tizimidagi, sun’iy
inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi
inshootlardagi, paromda o‘tish
joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va
infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam
olish joylari va tarixiy
obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga
keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv
elementlarini va
sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va
boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda
ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar
bajariladi:
sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;
barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni,
yoriqlarni,
chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni
to‘g‘rilash, qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash;
chaqiq toshli va shag‘alli
qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan
ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;
kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni
changsizlashtirish;
ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha
mahsulot
ishlatmasdan to‘g‘rilash;
yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi
o‘tlarni o‘rish.