15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Chakana savdo korxonalarida tovarlarni sintetik va analitik hisobi


Download 0.63 Mb.
bet58/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Chakana savdo korxonalarida tovarlarni sintetik va analitik hisobi. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni buxgalteriyadagi sintetik hisobi savdo shaxobchalari moddiy javobgar shaxslarining «Tovar-pul hisoboti» ga asoslanadi. Moddiy javobgar shaxslar korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan muddatlarda buxgalteriyaga «Tovar-pul hisoboti» taqdim etadilar. Tovar-pul hisobotida hisobot davri boshiga va oxiriga tovarlar qoldig’i hamda hisobot davrida olingan va sotilgan tovarlar ko’rsatiladi. Tovar-pul hisobotiga ularni, harakatini tasdiqlovchi barcha birlamchi hujjatlar ilova qilinadi. Moddiy javobgar shaxslarning tovar-pul hisobotlari buxgalteriyada mantiqan va arifmetik jihatdan tekshiriladi. Tekshirilgan tovar-pul hisobotlari tovarlar hisobini olib borishga asos bo’ladi.
Chakana savdo korxonalarida tovarlar harakati balansga nisbatan aktiv bo’lgan 2920-«Chakana savdodagi tovarlar» schyotida yuritiladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
Tovarlarni ko’rgazmaga, prokatga, komissiyaga berishni, idishlarni va qaytarilgan tovarlarni hisobi. Savdo korxonalarida tovarlarni ko’rgazmaga, prokatga, komissiyaga berishni va idishlar hisobi balansga nisbatan aktiv bo’lgan quyidagi schyotlarda olib boriladi:
2930-«Ko’rgazmadagi tovarlar»
2940-«Prokat buyumlari»
2950-«Tovar idishlari va bo’sh idishlar»
2960-«Komissiyaga berilgan tovarlar»
Tovarlarni ko’rgazmaga, prokatga, komissiyaga berishni va idishlar hisobi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Tovarlarni ko’rgazmaga berish:
Debet 2930-«Ko’rgazmadagi tovarlar»,
Kredit 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 2920-«Chakana savdodagi tovarlar».
2. Tovarlar ko’rgazmadan qaytarib olinganda:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»
Debet 2920-«Chakana savdodagi tovarlar».
Kredit 2930-«Ko’rgazmadagi tovarlar».
3. Tovarlarni prokatga berganda:
Debet 2940-«Prokat buyumlari»
Kredit 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 2920-«Chakana savdodagi tovarlar».
4. Prokatga berilgan tovarlar qiymati hisobdan chiqarilganda:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»,
Kredit 2940-«Prokat buyumlari».
5. Prokatga berilgan tovarlardan olingan pullar daromad qilinganda:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 9030-«Xizmat ko’rsatish va bajarilgan ishlar daromadi».
6. Tovarlar bilan kelgan idishlar yoki mol yetkazib beruvchilarda xo’jalik maqsadlari uchun sotib olingan idishlar hisobga olinganda:
Debet 2950-«Tovar osti va bo’sh idishlar»
Kredit 6010-«Mol yetkazib beuvchi va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar».
7. Sotib olingan tovarlar uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti.
Kredit 6970-«Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz»
Sotilgan tayyor mahsulotlar va tovarlar ma’lum bir sabablarga ko’ra xaridorlar tomonidan mol yetkazib beruvchilarga qaytariladi, xususan, tovarlarni qabul qilib olishda yaroqsizligi, singanligi, bo’zilganligi, chiriganligi aniqlanganda, shuningdek, ularning sifati standartlar va shartnoma talablariga javob bermagan hollarda. Tayyor mahsulot va tovarlarni qaytarilishi 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» hisobvarag’ida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Debet 2920-«Chakana savdodagi tovarlar»,
Kredit 9040-«Sotilgan tovarlarni qaytarilishi»,
Kredit 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar».
Tovarlarni ko’rgazmaga, prokatga, komissiyaga berish va idishlarni analitik hisobi ularning alohida turlari va nomenklaturalari bo’yicha olib boriladi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling